“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:04
ЎЗO‘Z

Google elektr asboblarni boshqaruvchi o‘yinchoqqa patent olmoqchi

24 мая, 18:32 6 889 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google elektr asboblarni boshqaruvchi o‘yinchoqqa patent olmoqchi Google insondan beriladigan buyruq asosida uydagi elektr asboblarni nazorat qiluvchi o‘yinchoqqa patent olish uchun ariza topshirdi, deb yozadi Kun.uz.

AQSh Patentlar va tovar belgilari boshqarmasining saytida chop etilgan hujjatga ko‘ra, o‘yinchoqlar Wi-Fi ga ulangan mikrofon, akkumulyator, kameralar, karnaylar bilan jihozlanadi, ular o‘z egalariga boshlari bilan burilib, uning buyruqlarini tinglab, ularni masofadan turib kerakli qurilmaga uzata oladi.

Ushbu qurilmaga patent olish uchun ariza 2012 yilda topshirilgan, biroq yaqindagina SmartUp kompaniyasi tomonidan aniqlandi. Kompaniya vakillari bu ishlanmani “Google yaratgan eng nobop ishlanmalardan biri deb atadi”.

Bi-Bi-Si korporasiyasining ma’lum qilishicha, Google kompaniyasining vakili bu loyihaning amalga oshirilishi borasidagi savolga javob bera olmagan. U kompaniya xodimlarining ko‘plab loyihalari patentlanishini, biroq bu g‘oyalar albatta hayotga tatbiq etilishini anglatmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Google ning arizasida bu “odamga o‘xshash mexanizm qo‘g‘irchoq yoki o‘yinchoq ko‘rinishida ishlab chiqarilishi va bitta yoki bir nechta media-qurilmalarni boshqarishi mumkin” deyilgan.

Google muhandislari ushbu qurilmani yumshoq ayiqcha ko‘rinishidagi eskizlarini tayyorlashgan. Bu qurilma foydalanuvchining uyida u bilan birga aloqa qilib, uning barcha buyruqlarini bajaradi. Yani qurilma inson va elektron qurilmalar orasida “tarjimon” bo‘la olishi kerak, ya’ni inson o‘yinchoqqa televizorni yoqishni buyursa, uning ichidagi kompyuter buyruqni tahlil qilib va uni bajarishi lozim.

Nazariy jihatdan Google ning yumshoq o‘yinchog‘i kompyuterlar, yoritish qurilmalari, muzlatgichlarni ovozli buyruqlar yordamida boshqara olishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 64
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 487
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar