“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:44
ЎЗO‘Z

«Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

08 mar, 09:20 5 428 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi Evropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Napoli» – «Real» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda 1:3 hisobi qayd etilib madridliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvni shiddat bilan boshlagan «Napoli» futbolchilari 24–daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldilar. Ajoyib tashkillashtirilgan kombinasiyani Dris Mertens muvaffaqiyatli yakunladi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Neapolliklar ikkinchi bo‘limni ham yuqori pressing bilan boshladilar. Biroq 51-daqiqadagi Serxio Ramosning goli mezbonlarning barcha harakatlarini chippakka chiqardi, burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni madridliklar sardori o‘z uslubida darvozaga joylab qo‘ydi.

Oradan ko‘p o‘tmay yana Ramos to‘pni boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga qo‘shilgan Alvaro Morata o‘yinga nuqta qo‘ygan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa «Real» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi.

EChL. 1/8 final, javob uchrashuvi.

Napoli (Italiya) – Real Madrid (Ispaniya) 1:3

Gollar: 1:0 – 24 Mertens, 1:1 – 51 Ramos, 1:2 – 57 Ramos, 1:3 – 90 Morata.

Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Allan (Rog, 56), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 75), Insine (Milik, 70), Diavara.

Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Isko, 80), Beyl (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).

Ogohlantirishlar: Allan (55), Diavara (89).

Birinchi o‘yin: 1:3

Manba: www.uff.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq... 28 mar, 00:00 731
  • Eldor Shomurodovning jarohatiga oydinlik kiritildi, lekin... 27 mar, 21:05 624
  • “Bunyodkor” stadionida o‘sha xunuk holat yana takrorlandi 27 mar, 17:43 934
  • Yevro-2024: barcha ishtirokchi jamoalar ma’lum bo‘ldi 27 mar, 07:49 258
  • Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 27 mar, 02:20 210
  • O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi 27 mar, 02:13 452
  • So'nggi yangiliklar
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 0
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 0
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 12
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 21
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 34
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 160
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 188
  • Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi 28 mar, 09:22 31
  • Turkiya harbiylari Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 5 nafar terrorchini yo‘q qildi 28 mar, 08:57 41
  • Amerikalik ekspert: AQSH dunyoni boshqaramiz deb o‘ylaydi 28 mar, 08:22 182
  • Rossiya TIV: G‘arb Ukrainadagi manfaatlari haqida ochiqchasiga gapirdi 28 mar, 07:47 252
  • Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi 28 mar, 07:13 218
  • Bo‘limlar