“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi

05 mar, 19:05 6 046 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi 1 martga o‘tar kechasi Amazon Web Services S3 AWS ma’lumotlarni saqlovchi eng yirik bulut tizimi faoliyatida sodir bo‘lgan nosozliklar butun dunyo miqyosidagi juda ko‘plab sayt va internet ilovalari faoliyatida buzilishni keltirib chiqardi. Bu haqda securitylab.ru'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Jabrlanganlar orasida Apple servislari (App Store, Apple Music, FaceTime, iCloud, iTunes, Photo) va Adobe, Komissiyaning qimmatli qog‘ozlar va AQSh birjalari saytlari, GitHub ishlab chiqaruvchilari uchun platforma, bir qator yangiliklar resurslari, Kickstarter kraudfanding platformasi, Mailchimp pochta servisi, Signal ilovasi va boshqalar qayd etilgan.

Amazon'ning Twitter'dagi xabariga ko‘ra, nosozliklar ko‘plab sayt va ilovalar foydalanuvchi ma’lumotlar joylangan S3 AWS tarmoq saqlovchisi faoliyatida kelib chiqqan. Saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar 3,5 soatdan ortiq davom etgan.

Buzilish Amazon'ning Virjiniyadagi ma’lumotlar markazida ro‘y bergan. Muammoni taxminan 4 soatdan keyin bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan. Kompaniya o‘z servisi faoliyatidagi buzilish sababini oshkor qilmadi.

Hozirda Amazon Web Services odatdagidek rejimida xizmat ko‘rsatmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 37
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 89
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 74
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • Samsung jahon smartfonlar bozori yetakchiligiga qaytdi 07 apr, 19:34 101
  • O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda 07 apr, 00:02 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 68
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 20
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 62
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 194
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 120
  • Bo‘limlar