“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 06:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etilmoqda (Foto)

04 mar, 21:28 9 420 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etilmoqda (Foto)

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma o‘lchami 54x86 mm. plastikdan tayyorlanadi. Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning rangi — ko‘k. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqam ikki harfli, nomeri oltita raqamli. Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:

Guvohnomaning old tomonida «Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma», «Svidetelstvo o registrasii avtomototransportnogo sredstva», «Vehicle license» so‘zlari yozilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan, «O‘zbekiston Respublikasi» so‘zlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Avtomototransport vositasining davlat raqam belgisi, ishlab chiqarilgan yili, avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan sana, avtomototransport vositasining egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining bo‘limi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning orqa tomonida avtomototransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: rusumi, modeli, turi, kuzov shosse raqami, to‘la vazni, yuksiz vazni, dvigatelning toifasi va quvvati, yonilg‘i turi, rangi, haydovchining o‘rindig‘i bilan birgalikda o‘tiriladigan o‘rinlar soni, tik turiladigan o‘rinlar soni, alohida belgilar majburiy tartibda ko‘rsatiladi.

Texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonning tavsifi

Texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talon to‘rtburchak shaklidagi, o‘lchamlari 54x86 mm. bo‘lgan zichligi bir kvadrat metrga 140QG‘-5 grammanli 100 foiz paxtadan olingan qog‘ozdan tayyorlanadi. Qog‘oz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda ko‘rinadigan ko‘k va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan «paxta chanog‘i» ko‘rinishidagi umumiy «suv belgi»si mavjud.

Ofsetli yozuv, mintaqa kodi, seriyasi ikki harfli, nomeri olti raqamli.

Blanka quyidagi maxsus himoyaga ega:

kimyoviy ta’sirga bardoshli bo‘yoqdan foydalaniladi, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi ta’minlangan.

Juda kattalashtirilganda mikromatn ko‘rinadi, ultrabinafsha nurda ko‘rinmaydigan tasvirlar va oltita raqamli son ko‘rinadi. Maxsus qabariq va o‘yiqlar mavjud. Lotin yozuvidagi davlat tilidagi matndan foydalanilgan.

Old tomonida avtomototransport vositasining rusumi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqam belgisi ko‘rsatiladi. Talonning orqa tomonida o‘tkazilgan texnik ko‘rik natijasi, joriy va navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tish sanasi ko‘rsatiladi. Talondagi yozuvlar Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘limi mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtampi bilan tasdiqlanadi.

Hukumat qarorida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2006 yil 19 dekabrdagi 261-son qarori 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi belgilab qo‘yildi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 234
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 59
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 99
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 155
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 328
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 189
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 249
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 52
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 96
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 117
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 69
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 151
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 70
  • Bo‘limlar