“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:10
ЎЗO‘Z

10 ming so‘mlik banknotlar 10 martdan boshlab muomalaga chiqariladi

03 mar, 19:10 18 010 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
10 ming so‘mlik banknotlar 10 martdan boshlab muomalaga chiqariladi 10 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Yangi banknotlar, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Qiymati 10 ming so‘m bo‘lgan pul belgilari 144×78 mm o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan. Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston gerbi va «10000» raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida «darcha» va 3D effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O‘zbekiston gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning o‘ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek gerbning o‘ng tarafida «10000» raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi. Gerbning o‘ng tarafidagi «10000» raqami ustiga yirik harflar bilan «SO‘M» so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan «O‘N MING» ko‘rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida «O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART» yozuvi joylashgan.

Banknotning to‘q ko‘k rangli naqshinkor ramkasi, «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» yozuvi, gerb, o‘ng va chap tomondagi «10000» raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan «10000» raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko‘rsatilgan.

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil: «2017» ko‘rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko‘k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo‘lib, pastki bezak ustida «10000» raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida Oliy Majlis Senati me’moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi «10000» va «SO‘M» yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan «O‘N MING» ko‘rsatilgan.

Pastki qismida «O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI» matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida «10000» raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida «O‘N MING SO‘M» yozuvi aks ettirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 56
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 234
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 75
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • O‘zbekistonning qaysi shahrida havo eng toza ekani ma’lum bo‘ldi 23 mar, 09:30 484
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 0
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 0
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 0
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 75
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 32
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 63
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 271
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 68
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 62
  • AQSH davlat kotibi Moskvadagi teraktga izoh berdi: «ISHID hamon katta tahdid bo‘lib turibdi» 28 mar, 10:44 73
  • Bobur Yo‘ldoshev birinchi rafiqasining vafoti, to‘yga chiqmasligi va yolg‘izligi haqida gapirdi 28 mar, 10:17 289
  • Putin «Crocus City Hall»dagi terakt tufayli oliy martabali kuchishlatarlarning iste’fosini tayyorlamoqda 28 mar, 09:48 292
  • Bo‘limlar