“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:39
ЎЗO‘Z

Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

01 mar, 17:33 13 055 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolangani va ma’lum muddat tanaffus qilishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbek milliy akademik drama teatrida bir necha yillardan buyon namoyish etilib kelinayotgan “Ko‘ngil” spektaklida Muqaddas Xoliqova bosh rolni ijro etgan. Mazkur spektakl mana necha yillarkim sahnadan tushmay kelayapti. Har gal shu spektakl namoyish etilganda, zal tomoshabin bilan liq to‘ladi.

Xoliqovaning betobligi sabab “Ko‘ngil” qo‘yilmayotgan edi. Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova “Qalampir” tahririyati bilan bog‘lanib, qachon ishga qaytishini, “Ko‘ngil” spektakli yana qachon sahnalarga chiqishini ma’lum qilgan.

Muqaddas Xoliqovaga ko‘ra, tanaffusdan so‘ng aktrisa 21 mart kuni yana faoliyatini boshlaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tomoshabinlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyish etiladi.

Aktrisaning salomatligi ancha yaxshi. U suhbat davomida betob bo‘lib qolganida qayg‘urgan, unga salomatlik tilagan do‘stlari, hamkasblari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 141
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 273
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 353
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 298
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar