“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:32
ЎЗO‘Z

Rossiyalik milliarderga tegishli dunyodagi eng katta yaxta hibsga olindi

20 fev, 10:25 7 602 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik milliarderga tegishli dunyodagi eng katta yaxta hibsga olindi Rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning shaxsiy yaxtasi Sailing Yacht A ("Elkanli yaxta A") nemis kemasozlik verfining 15 mln evrodan ko‘proq mablag‘ bo‘yicha e’tirozi sababli hibsga olindi. Bu haqda Yacht Harbour portali ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.

Yaxta bir necha kun avval Gibraltarga bezak ishlari uchun kelgan, keyin esa Ispaniyaga yurish sinovlaridan o‘tgani kelishi kerak edi. 5 fevralda yaxta Germaniyaning Kil shahrini tark etgandi.

Yaxtani qurgan Nobiskrug verfi advokatlari shartnoma buzilishi bo‘yicha sudga da’vo arizasi topshirishgan. Unda aytilishicha, yaxtani buyurtma qilgan Valla Yachts Limited 27 yanvargacha kema uchun 9,8 mln dollarlik oxirgi transhni o‘tkazib bermagan. Bundan tashqari, verfda pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha 2,6 va 2,9 mln evrolik e’tirozlar vujudga kelgan. Natijada da’vo arizasida ko‘rsatilgan qiymat 15,3 mln evroga etgan.

Dunyoda eng katta elkanli yaxta hisoblanuvchi bu yaxta Melnichenkoning pullariga qurilgan va 2015 yil kuzida Kil shahri yaqinida suvga tushirilgan. Uning uzunligi 143 metrni, suv sig‘imdorligi 14 ming tonnadan ko‘proqni, elkanlarining umumiy maydoni esa futbol maydonidan kattaroqni tashkil qiladi. Yaxtada 8 ta paluba bo‘lib, uning ekipaji 54 kishiga mo‘ljallangan.


Yaxtaning narxi turli baholashlarga ko‘ra, 400 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 90
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar