“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:56
ЎЗO‘Z

Want China Times: Xitoy AQSh dollarini qadrsizlantirishga tayyorlanmoqda

16 мая, 15:50 10 834 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Want China Times: Xitoy AQSh dollarini qadrsizlantirishga tayyorlanmoqda Xitoy o‘zining oltin zaxiralari yordamida AQSh dollarini qadrsizlantirishi mumkin. Bu haqda Want China Times'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xitoy o‘zining 30 ming tonna oltin-valyuta zaxiralari yordamida beqaror bo‘lgan AQSh valyutasiga qattiq zarba bera olishga qodir, deb aytmoqda nashrning iqtisodiy sharhlovchisi Jin Zixou.

Zixouning aytishicha, Xitoy jahon savdo va moliyaviy bozorlarida AQShga chaqiriq tashlashni mo‘ljallamoqda, buning uchun Pekin haqiqatda katta miqdorda oltin zaxirasini ishlatishiga to‘g‘ri keladi.
Nashrning yozishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi valyuta zaxirasi savatchasiga Xitoy yuanining kiritilishi buni amalga oshirishdagi qadamlardan biri bo‘ladi. Hozirda bu savatchaga dollar, evro, funt sterling va yapon ienasi kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy oltin zaxiralarini to‘plab, dollar kursining tushishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunga nafaqat Xitoy, balki 2005 yildan beri o‘z oltin-valyuta zaxiralarini ikki barobarga ko‘paytirgan Rossiya hamda 2,8 tonna oltinga ega XVJ ham tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Agar Xitoy haqiqatda ham 30 ming tonna oltinga ega bo‘lsa, unda yuan kuchli qalqon bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Agar bu shunday bo‘lmasa ham, Xitoy ommaviy ravishda oltin to‘playotgani va uning jahon moliyaviy bozorlardagi nufuzi ancha oshganiga hech kim shubha bildirmaydi”, deb yozilmoqda nashrda.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti prognoziga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti 2016 yilda AQSh iqtisodiyotidan o‘zib ketadi, bu esa yuanning asosiy jahon zaxira valyutasiga aylanishiga olib keladi.

Biroq bu o‘zgarishlar bir onda sodir bo‘lishining ehtimoli kam, garchi Xitoy hozirda oltin qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallayotgan bo‘lsa ham, u haqiqatda zarur miqdorda oltin-valyuta zaxirasiga egaligi haqida hech narsa ma’lum emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 15
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 46
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 153
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar