“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:01
ЎЗO‘Z

Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi

18 fev, 11:23 8 161 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi AQSh bilan chegarada joylashgan Syudad-Xuares shahrida juma kuni minglab meksikaliklar “jonli devor”ni tashkil etishdi. Bu prezident Donald Trampning chegarada devor qurish borasidagi rejalariga qarshi norozilik sifatida amalga oshdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Aksiyada taniqli siyosatchilar, xususan Demokratik inqilob partiyasi asoschisi va mamlakat prezidentligiga uch karra nomzod Kuautemok Kardenas ham ishtirok etdi. Excelsior’ning ta’kidlashicha, norozilik namoyishiga chegara oldidagi Chiuaua shtati gubernatori Xaver Korral, Syudad-Xuares hokimi Armando Kabada va Amerikaning El-Paso shahri hokimi Oskar Lizerlar ham kelgan.

Namoyishchilar qo‘lida atirgul bo‘lgan, ular gullarni qo‘shni mamlakat aholisiga qarab silkitishgan. “Biz devorga do‘stlik devori bilan qarshi chiqamiz, turli ovozlar bitta joyga yig‘ilsa, yagona tovush paydo bo‘ladi, turli qo‘llar bir-biri bilan bog‘lansa, bu biz birgalikda ekanimizdan darak beradi”, - deya ma’lum qildi Chiuaua gubernatori Korral.

AQSh va Meksika munosabatlari Tramp hokimiyat tepasiga kelgach jiddiy ravishda keskinlashdi. U prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng Meksika bilan chegarada devor qurish haqida ko‘rsatma berdi. Tramp Mexiko bu qurilishning barcha sarf-xarajatlarini qoplashi kerak, deb hisoblamoqda, ammo Meksika prezidenti buni keskin rad etdi.






Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 310
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar