“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 03:37
ЎЗO‘Z

Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi

10 fev, 11:15 10 718 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozishga yordam beradigan donlar aniqlandi Amerikalik parhezshunoslar ozish imkonini beruvchi yormalarni iste’mol qilishning eng ma’qul usulini ma’lum qildi. Tegishli tadqiqot American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etildi, deb yozadi Daryo nashri.

Mualliflar fikricha, butun donli, ya’ni ishlov berilmagan (yanchilmagan va tozalanmagan) yormalar sog‘liq uchun eng foydalilaridir. Ular tana vaznini kamaytirishni osonlashtirib, yurak va qon-tomir tizimi kasalliklari paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi.

Olimlar sakkiz hafta davomida 40—65 yoshdagi ko‘ngillilarning parhezini kuzatib, shunday xulosaga keldi. Dastlabki ikki hafta davomida ishtirokchilar ishlov berilgan dondan tashkil topgan taxminan bir xil mahsulotlarni iste’mol qildi. Shundan so‘ng ularni 40 va 41 kishilik ikkita guruhga ajratishdi. Birinchi guruh avvalgi parhezni davom ettirdi, ikkinchisi esa faqat ishlov berilmagan donlarni tanovul qila boshladi.

Ikkinchi guruh ishtirokchilarining ichaklarida normal pH uchun qulay sharoit yaratadigan bakteriyalar ko‘proq, yallig‘lanish rivojlanishiga imkon beradigan bakteriyalar esa kamroq bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, butun donli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida har kunlik rasionning umumiy energetik qiymati taxminan 100 kilokaloriyaga kamayadi.

Mualliflar rasionga butun donli un, suli va jigarrang guruchni kiritishni tavsiya qiladi. Ishlov berilgan va ishlov berilmagan donlar o‘rtasidagi farqlar shundaki, ishlov berilmaganlari tarkibida kletchatka va mikroelementlar ko‘proq bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 314
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 210
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 476
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 321
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 350
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 430
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar