“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:58
ЎЗO‘Z

Chet elga ketgan 15 nafar shifokor O‘zbekistonda ish boshlaydi

09 fev, 08:14 7 976 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chet elga ketgan 15 nafar shifokor O‘zbekistonda ish boshlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 5 yanvar kuni sog‘liqn saqlash sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga chet elda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik shifokorlarni O‘zbekistonga qaytarish, ularni ish va etarli shart-sharoit bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergan edi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

8 fevral kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Press klub”da O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lqini saqlash vaziri-Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov ham ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalar qanday amalga oshirilayotgani haqida hisobot berdi.

“Chet ellarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot hodimlarining ro‘yxatini tuzdik va ular bilan suhbatlashayapmiz. Avvalambor, xorijda faoliyat olib borayotganlar bizning talabimizga to‘g‘ri kelishi lozim, ya’ni o‘zbekistonda ishlashga o‘zida qiziqish bo‘lishi kerak.

Qolaversa, halqaro miqyosda tajribali vrachlardan yiliga 250 tadan 500 tagacha operasiyalar o‘tkazilishi talab qilinsa, bizda ham xuddi shunday. Bundan tashqari, motivasiya masalasi ham bor.

Birinchidan, vrachlar va umuman tibbiyot xodimlariga yaxshi sharoit yaratish kerak. Viloyatlarda faoliyat olib borishlari uchun vrachlarga shu yilning o‘zida 340 ta turar-joy qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ikkinchidan, moddiy jihatdan motivasiya, ya’ni oylik maoshni oshirish yo‘li bilan chet ellarda faoliyat olib borayotgan xodimlarimizni jalb etish kerak”.

Vazir so‘zida davom etar ekan, “Shu yilning o‘zida chet ellarda faoliyat olib borayotgan vrachlarning 15 nafari o‘zbekistonda ish boshlaydi”, deb qo‘shimcha qildi. Adham Ikromov jurnalistlarga yuzlanib, OAV vakillari taklifiga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytarilgan shifokorlar bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligini ham ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 1
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar