“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 08:18
ЎЗO‘Z

Google kompaniyasi Chrome uchun parolning o‘g‘irlangani haqida xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi

05 мая, 00:05 6 658 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Google kompaniyasi Chrome uchun parolning o‘g‘irlangani haqida xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi Google kompaniyasi Chrome brauzeri uchun foydalanuvchinining paroli fishing oqibatida o‘g‘irlangan taqdirda uni bu haqda xabardor qiluvchi kengaytma chiqardi. Bu haqda The Verge'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“Password Alert” deb nomlanuvchi bu kengaytmaning ta’rifida foydalanuvchi o‘zining Google xizmatlari uchun parolini accounts.google.com domenidagi sahifadan boshqa bir joyda kiritmoqchi bo‘lgan har bir vaziyatda unga xabar yuborilishi aytilgan.

Bundan tashqari, dastur tashrif buyurilgan sahifalarning HTML-kodini tahlil qilib, ular Google’dan ro‘yxatdan o‘tish shakli ostida ishlashga harakat qilayotganini aniqlashga harakat qiladi.

Google’da foydalanuvchining paroli saqlanmasligini aytishmoqda. Google akkauntida avtorizasiya kengaytmasi o‘rnatilgan lahzadan boshlab dastur parol “piktogrammasi”ni yaratadi va har gal bu piktogrammani foydalanuvchi boshqa istalgan saytda kiritmoqchi bo‘lgan parol bilan solishtiradi.

Foydalanuvchilar bu kengaytma haqida bildirgan fikrlarida u haqiqatda ishlashini aytmoqda.

The Verge’ning ta’kidlashicha, dasturning muammosi shundaki, foydalanuvchi fishing shaklda ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilgandan keyin o‘z parolini yovuz niyatli kimsalar qo‘liga topshirib qo‘ygandan keyingina parolning o‘g‘irlangani haqida xabar beradi. Aks holda dastur barcha bosilgan tugmalarni kuzatuvchi klaviatura josusi sifatida ishlagan bo‘lardi, bu esa xavfsizlik uchun yanada ko‘proq xatar solgan bo‘lardi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 40
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 77
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 49
  • Samsung jahon smartfonlar bozori yetakchiligiga qaytdi 07 apr, 19:34 102
  • O‘zbekistonda Telegram monetizatsiyasi ishga tushirilishi qonuniyligi o‘rganilmoqda 07 apr, 00:02 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 305
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 103
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 90
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 170
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 69
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 100
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 198
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 272
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 66
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 197
  • Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor! 17 apr, 21:00 294
  • "Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullayev jamoadoshlarini osh bilan siyladi 17 apr, 20:44 163
  • Bo‘limlar