“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 13:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» banki ochilmoqda

30 yanv, 11:23 6 835 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» banki ochilmoqda O‘zbekistonda yangi bank - «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi. Bu Prezidentning 24 yanvardagi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan (hujjat matni Lex.uz saytiga joylashtirilgan)b deb yozadi kun.uz sayti.

Bank tashkil etilishidan maqsad — eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining epksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat hisoblanadi.

Bankning boshlang‘ich ustav kapitali 10 mln evro. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (7,5 mln evro, 75 foiz), «O‘zbekinvest» kompaniyasi (1 mln evro, 10 foiz), «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat SK» (500 ming evrodan yoki 5 foizdan) bankning muassislari hisoblanadi.

2020 yilga qadar «O‘zagroeksportbank» 15 foizdan kam bo‘lmagan ulush bilan strategik xorijiy investorlarni ustav kapitaliga jalb etishi lozim bo‘ladi.

Yangi bank va uning filiallari ro‘yxatga olingan sanadan 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etiladi va bo‘shayotgan mablag‘lar bankning resurs va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 200
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 122
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 1
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 0
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 1
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 39
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 256
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 130
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • Bo‘limlar