“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:08
ЎЗO‘Z

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday vaziyatda bekor qilinishini bildirdi

14 yanv, 09:48 7 530 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday vaziyatda bekor qilinishini bildirdi AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp undan avvalgi prezident Barak Obamaning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarini "hech bo‘lmasa, muayyan vaqtga saqlab qolishi"ni, biroq Moskva bilan muvaffaqiyatli hamkorlik vaziyatida ularning bekor qilinishi mumkinligini aytdi. U bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi "Kun.uz".

Tramp Obama tomonidan kiberhujumlar sababli Rossiyaga kiritilgan dekabrdagi sanksiyalar agar Moskva terrorchilikka qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda yordam bersa, bekor qilinishi mumkinligini aytdi. "Agar biz chiqisha olsak va Rossiya haqiqatda bizga yordam bersa, biror kim haqiqatda yaxshi ishlar qilayotgan bo‘lsa, unga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishning nima keragi bor?", deb aytgan Tramp.

Tramp inaugurasiyasidan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. "Ular men bilan uchrashishni istayotganlarini tushunaman va bu meni qoniqtiradi", deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Avvalroq 13 yanvarda Obama Ukrainadagi vaziyat sababli amal qilish muddati mart oyida tugashi kerak bo‘lgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgan edi.

29 dekabrda AQSh Rossiyaning bir qator fuqarolari va tashkilotlariga qarshi sanksiyalar kiritib, AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqartirib yuborgandi. Shu kunning o‘zida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruvlar byurosi Rossiyaning AQShdagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqidagi qo‘shma hujjatni chop etgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar