“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 21:33
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Farg‘ona vodiysida eng yirik qasr-shaharni topishdi

12 yanv, 14:38 7 866 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Xitoy arxeologlari Farg‘ona vodiysida eng yirik qasr-shaharni topishdi O‘zbekiston va Xitoy arxeologlaridan iborat guruh Farg‘ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan Minggepa qadimiy shahri qoldiqlarini qazish vaqtida ahamiyatli kashfiyot qilishdi. Bu haqida Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi (XIFA) arxeologlari forumida ma’lum qilindi. Bu haqda Sinxua nashriga asoslanib Kun.uz shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki mamlakat arxeologlari bu erda 2012 yildan buyon besh marta qazish ishlarini olib borishgani tufayli qazilma ishlari olib borilgan maydon 500x800 metrdan 2100x1300 metrga kengaygan. Qazilma natijalari shundan dalolat beradiki, 2000 yildan ziyod vaqt avval Minggepa ko‘chmanchilarning vaqtinchalik qal’asi emas, to‘laqonli qasr-shahar bo‘lgan. Shuningdek u Farg‘ona vodiysidagi eng yirik qasr hamdir.

Qazilma ishlari olib borilgan paytda ustaxonalar xarobalari, ichki shahar g‘arbiy darvozalarining qolgan qismi va tashqi shahar sharqiy devori yonidagi qabriston topilgan.

XIFA qoshidagi Arxeologiya instituti vakili Chju Yanshining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek arxeologlari shaharchaning er ustidagi tadqiqotlar bilan yaxshi tanish bo‘lsa, xitoylik arxeologlar uning er osti qismidagi qazilmalar borasida kuchlidir. Shu bois tomonlar ana shunday qoniqarli natijalarga erishishga muvaffaq bo‘lishdi.

Minggepa hozirgi Andijon shahri yaqinida bo‘lib, O‘zbekistonning janubi-sharqida joylashgan. U o‘z vaqtida O‘rta Osiyodagi qadimiy Davon (Parkon) davlati hududiga kirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Minggepa tadqiqoti uzoq muddatli loyiha hisoblanadi. Arxeologlarning oldinda turgan vazifasi - qazilma paytidagi kashfiyotlar va o‘lchov ma’lumotlari asosida Minggepa solnomasini tuzish.

Hozirga kelib, xitoylik arxeologlar Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan bir qator mamlakatlar, shu jumladan Vetnam, Kamboja, Laos, Mo‘g‘uliston, Bangladesh va Pokistondagi qo‘shma loyihalarga qo‘shilishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 0
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 0
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 47
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 124
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Bo‘limlar