“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Toyota Highlander mashinasi nufuzli mukofotga loyiq deb topildi

11 yanv, 22:56 7 289 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toyota Highlander mashinasi nufuzli mukofotga loyiq deb topildi Restayling qilingan Toyota Highlander krossoveri xavfsizlik sohasida taqdim qilinuvchi Top Safety Pick+ nufuzli mukofotini olgan Toyota kompaniyasining 10 modeli bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Mukofotni taqdim qiluvchi AQShning Yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti mutaxassislari Highlander’ning bazaviy komplektasiyasidayoq yo‘lovchilarni aniqlash funksiyasiga ega to‘qnashuvlar oldini olish, harakat polosalarini kuzatish va faralar nurining avtomatik qayta ulanishi tizimlarining mavjudligini yuqori baholashgan. Boshqa kompaniyalar modellarida faol xavfsizlik tizimlari standart qurilmalar ro‘yxatiga kirmaydi va qo‘shimcha opsiyalar sifatida taqdim qilinadi.

Yapon kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish uchun xavfsizlik tizimlarining arzon versiyalarini o‘rnatmagan. Aksincha, mutaxassislarning aytishicha, to‘qnashuvlarning oldini olish tizimi avvalgi avloddagi modelda o‘rnatilganga nisbatan yaxshilangan. Krossover standart krash-sinovlar: old tomondan, yon tomondan to‘qnashish va tomning ag‘darilishdagi mustahkamligini tekshirish natijalariga ko‘ra yaxshi baholar olgan.

Yangi Highlander AQShda 2016 yil noyabridan sotuvga chiqqan. Mashining motor gammasiga 185 va 295 ot kuchiga ega 2,7 va 3,5 litrli dvigatellar kirgan. Shuningdek, 306 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatel ham taklif qilinadi. AQShda mashina 30630 dollardan boshlab sotilmoqda.





Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 174
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar