“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 12:37
ЎЗO‘Z

Markaziy Osiyo aholisi 2017 yilda 70 mlndan oshadi

10 yanv, 06:51 10 422 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Osiyo aholisi 2017 yilda 70 mlndan oshadi Kirib kelgan yil Markaziy Osiyo uchun demografiya borasida o‘ziga xos burilish yili bo‘ladi. Mintaqa aholisi bu yil 70 million nafardan oshishi kutilmoqda. Almatida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo — 2017: yangi trend va ssenariylar" mavzuidagi davra suhbatida mana shu raqam tilga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik agentligi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholi soni jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda turadi. 2016 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra respublikaning doimiy aholisi soni 31 million 807 ming kishini tashkil etgan. O‘zbekistonda o‘rtacha umr davomiyligi ayollarda 75,8 va erkaklarda 71,1 yoshga teng.

Qozog‘iston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar instituti siyosatshunoslari Markaziy Osiyoda 2017 yilda sodir bo‘ladigan muhim voqealar o‘nligini ma’lum qilishdi.

Demografik o‘sishdan tashqari ekspertlar jahon mahsulotlar bozoridagi tiklanish mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga olib kelishini taxmin qilishmoqda. Shu bilan birga Xitoyning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy tashrifi mustahkamlanishi kuzatiladi.

Mintaqa mamlakatlaridagi ichki siyosiy jarayonlar ham siyosatshunoslar e’tiboriga tushdi. Xususan, O‘zbekistonning yangi hukumat boshchiligidagi dastlabki yildagi taraqqiyoti hamda Turkmaniston va Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari ham siyosatshunoslar sharhidan o‘rin olgan.

Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda Afg‘onistondagi beqarorlik bois Markaziy Osiyo mintaqasidagi terrorchilik tahdidiga alohida e’tibor qaratilgan.
Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Erondagi ichki siyosiy jarayonlar va ularning mintaqadagi mamlakatlar bilan munosabatlari ham taxminlar ro‘yxatidan joy olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 116
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 36
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 92
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 44
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 27
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 68
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 77
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 34
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 133
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 308
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 152
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 282
  • Bo‘limlar