“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 18:09
ЎЗO‘Z

Toyota sun’iy aqlga ega konsept-kar ishlab chiqdi

06 yanv, 15:54 6 506 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toyota sun’iy aqlga ega konsept-kar ishlab chiqdi Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan iste’mol elektronikasiga bag‘ishlangan CES-2017 ko‘rgazmasiga sun’iy aqlga ega bo‘lgan konsept-kar namunasini olib kelgan. Concept-i prototipiga avtopilot o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘z egasi va yo‘lovchilarga moslasha oladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Yui deb nomlangan tizim sun’iy aqlni birlashtiradi va amalda avtomobilni to‘liq boshqaradi. Masalan, Yui haydovchini taniy oladi hamda salon chiroqlarini uning xohish istagidan kelib chiqqan holda sozlaydi, asosiy yo‘nalishlar xaritasini aks ettiradi. Tizimga, shuningdek, yuz ifodasi va ovozdan kelib chiqqan holda hissiyotlarni aniqlash texnologiyasi ham kiradi.

Salondagi yo‘lovchilar bilan muloqot esa, old oyna uzra joylashtirilgan proeksion displey orqali tovushli xabarlar yoki bevosita qo‘l suyanchig‘idagi harakatlanuvchi yuza vositasida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Yui avtomobilning turli xavfsizlik tizimini nazorat qiladi va talab qilinganda muqobil boshqaruvni ishga tushirishi mumkin.

Toyota Concept-i, shuningdek, o‘z atrofidagi avtomobillar va haydovchilar bilan ham «muloqot» qila oladi. Xususan, avtomobil tashqarisidagi diodli chiroqlar turli ranglarda tovlanishidan uning avtopilot yoki haydovchi tomonidan boshqarilayotganini bilib olish mumkin. Uning orqa tomoniga joylangan displeyda turli matnli xabarlar aks ettiriladi.

Konsept-kar dizayni Kaliforniyadagi Toyota markazida ishlab chiqilgan. Sun’iy aqlni San-Fransiskodagi Toyota Innovation Hub ishlab chiqqan.














Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 127
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 134
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 177
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 136
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 1
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 16
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 44
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 72
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 57
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 74
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 113
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 30
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 67
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 36
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 176
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 46
  • Bo‘limlar