“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:18
ЎЗO‘Z

2017 yilda million tonnadan ko‘proq meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilinishi prognoz qilinmoqda

06 yanv, 10:11 9 394 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2017 yilda million tonnadan ko‘proq meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilinishi prognoz qilinmoqda O‘zbekiston hukumati tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish doirasida barra va qayta ishlangan meva-sabzavotchilik mahsulotlarini eksport qilish hajmlarini va ularning turini oshirish, ularni sotish uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

2016 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston korxonalari tomonidan 818,5 ming tonna meva-sabzavotchilik mahsulotlari (2015 yilga nisbatan 38,3 foizga ko‘proq), jumladan, sabzavotlar – 242,1 ming t (+29,6 foiz), mevalar – 229,6 ming t (+28 foiz), poliz ekinlari – 6,8 ming t (+0,8 foiz), uzum – 96,2 ming t (+11,7 foiz), dukkakli mahsulotlar – 120,2 ming t (+14,7 foiz) va quritilgan mahsulotlar 124,5 ming t (+15,2 foiz) miqdorida eksport qilingan.

65 turdagi meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qilingan. Bunda eksportning asosiy hajmi gilos (14,4 foiz), mayiz (12,8 foiz), o‘rik (7,63 foiz), uzum (7,57 foiz), mosh (6,91 foiz), pomidor (6,86 foiz), no‘xat (6,51 foiz), ko‘katlar (5,65 foiz), shaftoli (nektarin) (4,11 foiz) va xurmo (3,96 foiz) mevalariga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotlari dunyoning 43 ta davlatiga eksport qilinadi. O‘tgan yili bu davlatlar qatori yana 9 ta davlat bilan to‘ldirildi: birinchi marta Italiya va Ispaniyaga konservalangan kapers (kovul), Livanga grek yong‘oqlari, Vetnamga mayiz, Belgiyaga quritilgan sabzavotlar, Shveysariyaga uzum va qovun, Gollandiyaga turshak, Isroilga mayiz, Chexiyaga quritilgan mevalar va mayiz jo‘natildi.

Umumiy hajmga ko‘ra, O‘zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport qiluvchi davlatlar o‘rtasida 48-o‘rinni egallamoqda.

Shu bilan bir qatorda, eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida Hindiston, Germaniya, Polsha, Latviya, BAA va Belarusda savdo uylari ochish bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. 2017 yil oxirigacha bu savdo uylari ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshlaydi.

2017 yilda 1,27 mln tonna meva-sabzavotchilik mahsulotlari eskport qilish prognoz qilinmoqda. Bugungi kunda "O‘zagroeksport" AJ bu rejalarni amalga oshirish uchun qat’iy shartnomalarga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 73
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 67
  • Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum bo‘lmoqda 19 mar, 12:22 179
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar