“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 20:31
ЎЗO‘Z

Akademiklar oylik gonorar oladigan bo‘ldi

04 yanv, 00:20 7 974 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Akademiklar oylik gonorar oladigan bo‘ldi 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari daromad solig‘iga tortilmaydigan, eng kam oylik ish haqining 10 barobari (1,5 million so‘m atrofida) miqdoridagi oylik gonorar oladi. Bu Prezidentning 29 dekabrdagi maxsus farmonida ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, bundan buyon FA haqiqiy a’zolarini tasdiqlashni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha haqiqiy a’zolar tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiradi.

Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat ichida FA haqiqiy a’zolarini ilmiy-ma’rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, FA haqiqiy a’zolarining ilmiy-ma’rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Akademiklarni rag‘batlantirish yo‘llari sifatida ularni har yili Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari sanatoriya-sog‘lomlashtirish muassasalarida, shuningdek, Yalta va Kislovodskdagi «O‘zbekiston» sanatoriyalarida bepul sog‘lomlashtirish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 145
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 149
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 298
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 08 apr, 22:37 138
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 2
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 144
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 33
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 344
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 77
  • Bo‘limlar