“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:49
ЎЗO‘Z

Baliq yog‘i iste’moli bolaning astma bilan tug‘ilish xavfini kamaytiradi

30 dek, 14:16 10 907 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baliq yog‘i iste’moli bolaning astma bilan tug‘ilish xavfini kamaytiradi Homiladorlikning so‘nggi uch oyida baliq yog‘ini iste’mol qiluvchi ayollarda bolani astma bilan tug‘ish xavfi kamayadi. Daniyadagi Kopengagen universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda New England Journal of Medicinega asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qilmoqda.

Tadqiqotda 736 nafar ayol ishtirok etdi. Homiladorlikning so‘nggi uch oyida ularning yarmi kuniga 2,4 grammdan baliq yog‘ini iste’mol qilgan, qolgan yarmi esa - plaseboni. Baliq yog‘ini iste’mol qilgan ayollarning farzandlari orasida astmaga yo‘liqqanlar 17 foizni tashkil etdi, plasebo iste’mol qilgan ayollar orasida esa bundaylar deyarli 24 foizni tashkil qildi.

Tadqiqot ayollar va bolalarga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, olimlar homilador ayollarga hozircha baliq yog‘ini tavsiya qilishmayapti. Bunga tajribada qo‘llangan doza amerikaliklarning odatiy dozasidan 15-20 barobar ko‘p bo‘lganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqotni yana bir bor kamroq dozada va homiladorlikning ilk muddatlarida takrorlab ko‘rish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 89
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 253
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 159
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 242
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 377
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar