“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:22
ЎЗO‘Z

Yilning eng oson ta’mirlanuvchi smartfonlari nomi e’lon qilindi

27 dek, 20:09 6 251 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yilning eng oson ta’mirlanuvchi smartfonlari nomi e’lon qilindi iFixit resursi smartfonlarning eng tez ta’mirlanuvchi flagman modellari reytingini tuzib chiqdi. Ekspertlar flagmanlarning qaysi biri 2016 yilda oson ta’mirdan chiqqanini ma’lum qilishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

LG G5 smartfoni reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Ekspertlar uning batareyasi va boshqa modul komponentlarini mavjud 10 balldan 8 ballga munosib ko‘rishdi. LG G5 SE qurilmasi LG G5'dan faqat prosessori va operativ xotira sig‘imi bilan farqlanar ekan, uni ham reytingning etakchisi deb hisoblash mumkin.

Ikkinchi o‘rinda – Google Pixel va Pixel XL. Ekspertlar smartfonlar komponentining aksariyat qismi - alohida modullar ekanini ta’kidlashdi. Qurilmalar ularni ekranga ziyon etkazmay ochish qiyin bo‘lganligi uchungina 10 balldan 7 ballga ega bo‘lishdi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Apple qurilmalariga tegishli. Etakchilar uchligiga 7 ball natija bilan iPhone 7 va 7 Plus smartfonlari yakun yasadi. Ekspertlar ekran va batareyani almashtirish oson ekanligi, biroq buning uchun 4 xil asbob talab qilinishini ta’kidlashdi. Bir pog‘ona pastda 6 ball natija bilan iPhone SE qurilmasi o‘rin egallagan: uning ekran va batareyasini almashtirish qiyin emas, lekin ta’mirlash jarayonida Touch ID kabeliga zarar etishi mumkin.

Beshinchi o‘rin - bu yil katta muhokamalar mavzusiga aylangan Samsung Galaxy Note 7. Model bozordan qaytarib olindi, shunday bo‘lsa-da, ekspertlar unga 10 balldan 4 ball berishdi. Komponentlarning aksariyati modul, lekin uning batareyasini almashtirish qiyin bo‘lardi.

Reytingga Samsung Galaxy S7 va S7 edge yakun yasaydi. Ularda ham ko‘p komponetlar modul, biroq smartfonlarni ta’mirlash ancha qiyinchilik tug‘diradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 48
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 76
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 53
  • Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya O‘zbekistonda ofis ochmoqda 26 mar, 11:49 45
  • Xitoyning 5G-internetiga besh baho... 26 mar, 10:00 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 71
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Bo‘limlar