“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:39
ЎЗO‘Z

Hamma nazorat ostidami yoki cho‘ntagingizdagi «shpion» haqida

20 dek, 18:59 8 321 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hamma nazorat ostidami yoki cho‘ntagingizdagi «shpion» haqida Edvard Snouden nomi muntazam ravishda yangiliklarda paydo bo‘lib turadi. Aynan Snouden tufayli odamlar Milliy Xavfsizlik agentligi (NSA) xodimlari odamlarni yoppasiga kuzatib turishlarini bilib olishdi. Lekin bu kuzatuv aynan qay yo‘l bilan amalga oshirilada, buni hamma ham bilavermaydi. Quyida ularga oid ba’zi bir tafsilotlarga to‘xtalamiz.

NSAning maxsus maxfiy loyihasiga ko‘ra shifrlash tizimini chetlab o‘tish imkoniyati qo‘lga kiritildi, yo‘q, bunda u buzilmaydi, shunchaki ishlab chiqaruvchilar tomonidan ataylab “tirqish” qoldiriladi. Ba’zan esa ular agentlikka shifr kalitini o‘z “xohishlari”ga ko‘ra berishgan. Shu tariqa yirik biznes hamda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan xavfsizlik standartlariga putur etkaziladi. 2012 yilning may oyiga qadar ANB dunyo mobil tarmoqlarining 70 foizidagi texnik ma’lumotni yig‘ishga ulgurgan. Maxsus xizmat xodimlari ko‘plab smartfonlardagi ma’lumotlarga kira olishgan, bular: kontaktlar ro‘yxati va qo‘ng‘iroqlar, yana SMS va GPS ma’lumotlardir. Buning uchun NSAda xakerlar jamoasi yig‘ilgan, ular mashhur saytlarni ochishgan. Germaniyaning Spiegel jurnalida chop etilgan maqolada jumladan Blackberry operasionkasi garchi iOS va Android nisbatan yaxshi himoyalangan deb hisoblanib kelinganiga qaramay, birinchilardan bo‘lib ochilgani haqida yozilgan. Mobil ilovalar sharofati bilan “eshitib olish” imkoniyati yanayam kengaydi. Ularning aksariyati foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarni uchinchi tomonga muntazam ravishda etkazib turish bilan shug‘ullanadi. Shu bois birov haqida ma’lumot olish uchun OS ni “sindirish” shartmas, shunchaki foydalanuvchini biron bir “foydali” mobil ilova qo‘yishga ko‘ndirish kifoyadir.

Poylash uchun eng maqbul imkoniyat bu mobil aloqa tarmog‘idir. Soxta stansiyalar yordamida abonent trafigi “ushlanadi” va uning telefonida mavjud ma’lumotlar o‘qiladi. Bu kabi uskuna qo‘l telefonidan keladigan barcha ma’lumotni o‘qiydi, biroq buning uchun abonent uning ishlash xududida bo‘lishi lozim. Shu bois poylashning yanayam zamonaviyroq usuli ( SS7) qo‘llaniladi. U abonentni dunyoning istagan joyidan “tutishi” mumkin.

Snoudenning fikricha, zamonaviy mobil telefonlari nafaqat ruxsatimizsiz yoqila olishadi, balki ular hamma narsani ko‘rishadi, eshitishadi, o‘qishadi, tanishadi, suratga olishadi va albatta ko‘rishadi ham. Eng muhimi ularning ichiga biz miriqib ko‘radigan multqahramon Smurfik nomini olgan dasturni ishga solish. Buni esa siz o‘z qo‘lingiz bilan amalga oshirasiz, ya’ni bir kuni telefoningizga kelgan smsga ehtiyotsizligingiz tufayli javob berib bu dasturni ishga solasiz. Telefonni qo‘lga olib qo‘ng‘iroq qilasiz yoki selfi tushasiz, Amerika yoki Britaniya maxsus xizmatlari esa bularning barini nazorat qilib turishadi. Qaerda yashaysiz, qaerga va qancha pul sarflaysiz. Ayni damda qo‘ng‘izcha doim cho‘ntagingizda yuradi. Garchi siz sim-kartani uloqtirib, batareyani o‘chirsangiz, barcha ma’lumotlarni bloklashtirsangiz ham shpion o‘z ishini davom ettiraveradi. Masalan, smartfon cho‘ntagingizda. Undagi mikrofon o‘z-o‘zidan ishlab, atrofingizda bo‘layotgan hamma muloqotlar eshitilinadi. Yoki maxsus geobelgi yordamida siz turgan joy bir fursatda aniqlanadi.

“Smurf-shpionlar” Britaniyaning xukumat markazida qo‘paytirilib, ishga solinadi. Bu erda Snouden aytgan ayblovlarga biron bir izoh berishdan bosh tortishgan. Bu boradagi savollar oldin ham yuzaga kelgan edi. Maxsus xizmatlar sukut saqlagani xususida esa Snouden gapiradi. U Britaniya boshqarmasini Amerikadagi yirik maxsus xizmat milliy agentligi “filial”laridan biri deb ataydi. Snoudenning o‘zi shu erda ishlagan.

Janluka Stringini, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert, Londondagi Xavfsizlik va kriminalistika Universitet kolleji o‘qituvchisi: “Ular a’lo darajadagi uskuna hamda ulkan zahiraga egadirlar. Ular smartfonlarni xuddi shprot qutisini ochgandek ochishadi va keyin u bilan istagan ish qilinadi. Ular suratlaringizni tomosha qilishlari, xatlaringizni o‘qishlari, shaxsiy hisoblarinizni qo‘rib chiqishlari mumkin. Biroq siz buni ko‘rolmaysiz, Buning uchun maxsus ekspertiza o‘tkazilishi talab etiladi. Mustaqil ravishda shpion-fayllarni aniqlab bo‘lmaydi”.

Amerika hamda Britan razvedkasini shaxsan sizni poylashidan nima naf degan haqli savol tug‘iladi. Mobil telefonlari har bir odamga xos bo‘lgan to‘liq ma’lumotga: muloqot doirasi, manzillar, qiziqishlar, ega. Garchi siz mobil operatorini o‘zgartirsangiz yoki boshqa telefon xarid qilsangiz ham kod saqlanib qolinadi. Millionlab kodlarga ega bo‘lgan holda omma kayfiyatini boshqarish, moliyaviy operasiyalarni kuzatish, biznesmen, siyosatchi, harbiylarga ta’sir o‘tkazish mumkin. Boshqalar pichirlab aytgan gaplarni, Snouden baralla turib gapirdi. Uning aytishicha, NSA xodimlari terrorchilarga qarshi kurash niqobi ostida keng miqyosdagi shpionlikni boshlab, fuqarolarning hayotiga suqilib kirishmoqda. Xavfsizlik xodimlari odamlarga tegishli ma’lumotlarga ega bo‘la turib, ularni boshqarish masalan AQShda o‘tgan saylov natijasiga ham ular bemalol ta’sir o‘tkaza olish imkoniyatga egadirlar.

Rositive technologies ma’lumotlari asosida tayyorlandi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 88
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 49
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 78
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar