“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 02:28
ЎЗO‘Z

Toshkentdagi bozorlarda Yangi yil yarmarkalari ish boshladi

19 dek, 21:35 8 558 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentdagi bozorlarda Yangi yil yarmarkalari ish boshladi “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil etildi. Yangi yil dasturxoni uchun xarid qilinadigan barcha mahsulotlar naqd pul hamda plastik kartochkalar orqali sotilmoqda. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Uyushma tizimidagi savdo-tayyorlov korxonalari mamlakatimizning barcha hududlarida 80 dan ortiq, jumladan, Toshkent shahridagi Aviasozlar, Navro‘z, Farhod, Oloy va Sirg‘ali dehqon bozorlarida bayramoldi yarmarkasini tashkil etdi.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi vakili bergan ma’lumotlarga qaraganda, keyingi o‘n kun oralig‘ida poytaxt Toshkentdagi yirik bozorlarda uch ming tonna atrofida kartoshka, qariyb 100 tonna guruch, 370 tonnadan ortiq piyoz sotilgan. Shuningdek, 550 million so‘mlikdan ziyod meva-sabzavot, tovuq go‘shti, sut, go‘sht va meva-sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari, yormalar, baliq va baliq konservalari arzon narxlarda etkazib berilyapti.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasidan ma’lum qilishlaricha, qish-bahor oylarida ichki iste’mol bozoriga bosqichma-bosqich etkazib berish maqsadida O‘zbekistonda 660 ming tonnadan ziyod asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxiraga jamg‘arilgan. Jumladan, uyushma tizimidagi savdo-tayyorlov korxonalari omborlariga 100 ming tonnadan ziyod mahsulot g‘amlangan. Qariyb 27 ming tonna kartoshka, 16 ming tonna piyoz, 12 ming 600 tonna sabzi, salkam 11 ming tonna meva, 5 ming tonnadan ziyod poliz, 22 ming tonnadan ortiq guruch va dukkakli mahsulotlar shular sirasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar dehqon bozorlarini tartibga solish, sanitariya holatini yaxshilash, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxini barqaror saqlashni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan ushbu yarmarkalar 5 yanvarga qadar davom etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 86
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 189
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 148
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 181
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 43
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 56
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 136
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 211
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 84
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 90
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 122
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 187
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 169
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 155
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 191
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 311
  • Bo‘limlar