“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 15:16
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon orqali nima haqida muloqot qildi?

16 dek, 21:57 8 356 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefon orqali nima haqida muloqot qildi? 2016 yil 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev va qardosh qozoq xalqini tarixiy sana – Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekiston rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishgani bilan muborakbod etdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston –Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan qator mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Davlat rahbarlari o‘zaro hamkorlikning barcha sohalari bo‘yicha amaliy, ishonchli va ochiq muloqotni davom ettirishga qat’iy ishonch bildirdilar.

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni o‘ziga qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan kelishni taklif etdi.

Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Suhbat an’anaviy do‘stlik, hamfikrlik, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 18
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 89
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 296
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 0
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 18
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 149
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 87
  • Bo‘limlar