“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 13:04
ЎЗO‘Z

«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to‘xtamaydi...»

10 dek, 12:50 11 840 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sevadi-yu, xiyonat qilishdan to‘xtamaydi...» — Bundan o‘n etti yil avval sevishib, sinashib oila qurganmiz. Uch nafar farzandimiz bor. Erim avtomoshanasida vodiydan poytaxtga qatnab tirikchilik qiladi. Topish-tutishi yaxshi, balki shu narsa ham tinimsiz xiyonatlariga sabab bo‘lar... Uyga kelganida ham qo‘lidan telefoni tushmaydi. Nuqul qandaydir ayollar bilan gaplashgani-gaplashgan. Hatto bir necha marta ularga erimni tinch qo‘yishini aytib ham ko‘rdim. Bari befoyda. Boshqa haydovchilar ikki-uch marta borib qaytganida ham erim mijoz yo‘qligini bahona qilib, poytaxtda yuraveradi. «Axir siz bilan ketgan sheriklaringiz ikki marta borib kelishdi-ku», desam, «Sen aralashma, o‘zim bilaman», deydi. Mashinasiga o‘tirgan ayollarnining boshini aylantirib, uch-to‘rt oy ko‘ngilxushlik qiladi. Zerikkach, ikki haftacha tinch yuradi, keyin yana eski «qilig‘i»ini davom ettiraveradi. Nima qilishni ham bilmay qoldim. Ajrashman desam, «Seni sevaman, sensiz yashay olmayman», degan gaplarni eshitaman. Bu ahvolda yashashni ham istamayman. Kasbini o‘zgartirishga ko‘nmaydi. Chunki boshqa ish qo‘lidan kelmaydi, viloyatimizning o‘zida kirakashlik qilishga ham ko‘nmaydi. Bunday yashash jonimga tegdi. Erimni bu yo‘ldan qaytarishni xohlayman.

Ismi sir tutildi.

Qaynonajon: — Uch farzandning ota-onasi bo‘lib ham bir-birini tushunolmaslik og‘ir. Erkak ko‘chaning odami, deyishadi. Bu gap rost. Biroq biz buni tan olgimiz kelmaydi. Kim bilan gaplashadi, mashinasiga kimlarni o‘tkazadi, qaerlarga olib boradi… Ohho, bu so‘roq-savollarning adog‘i yo‘q. Bu bilan sizni ayblamoqchi emasmiz. Tirikchilik ilinjida erkaklarimiz ne ko‘chalarga kirishmaydi, deysiz. Ammo meni hayratga soladigan bir fikr bildirgansiz, u kishining mashinasiga o‘tirgan barcha ayollar ahloqsizmikan? Nahotki? Ko‘pchilikni bu toifaga kiritib xato qilmayapsizmi? Yo‘lda yurganning ham o‘z tashvishi, yumushlari bor, axir. Bu achchiq so‘zlarni ko‘ngilga olmang-u, ona qizim, tafakkur qilib ko‘ring. Zero, haqiqat achchiq bo‘ladi. Mijozlarini yo‘qotmaslik uchun telefon almashib, hol-ahvol so‘rab tursa kerak. Bozor sharoitida ko‘chada rizq topish oson ekanmi? Siz u kishidan mehringizni ayamang. Behuda rashk erkakni uydan bezdiradi. Mabodo shunday harakatlari bor bo‘lsa ham, bilmaganga oling, o‘zlari vijdoni qiynalib, xijolat bo‘lishlari tabiiy. Bolalarni bag‘ringizga bosib, oilangiz — umrlik qo‘rg‘oningizni mustahkam saqlang. Sizga tinchlik-totuvlik, ayollik va onalik baxtini tilab qolamiz.

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: — Turmush o‘rtog‘ingizda ruhiy muammolar bor. Palapartish hayot kechirayotganidan g‘ayrishuuriy tarzda nimanidir izlayapti degan xulosaga kelish mumkin. Aynan nimaligini uni ko‘rmay turib aytish qiyin. Buni xuddi alkogol, tamaki yoki narkotik vositalarga bo‘lgani singari qaramlik deb qabul qilish lozim. Shuningdek, er-xotin munosabatlarida ham muammo mavjuddek. Agar eringizdan bu ishlarga chek qo‘yishini talab qilsangiz, uni nazoratga olib, har bir ayol mijozi bilan janjallashib chiqsangiz, vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Turmush o‘rtog‘ingizga ruhan yaqinlashishni maslahat beraman. Buning uchun o‘zingizni kuzatib, doim qiladigan xatolaringizni, uni asabiylashtiradigan so‘zlar va hatti-harakatlaringizni takrorlamaslikka intilishingiz lozim. Shuningdek, turmush o‘rtog‘ingizning xiyonati sizda qanday tuyg‘ularni uyg‘otayapti? G‘azabmi, xo‘rlikmi, achchiqlanishmi, shuni aniqlang. Toki bu tuyg‘ulardan xalos bo‘lmas ekansiz oldinga siljishingiz dargumon. Ammo bari birgina urinishda iziga tushib ketishiga umid qilish noto‘g‘ri. Har qanday munosabatlar ham muntazam mehnatni talab qiladi.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 0
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 113
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 126
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 116
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 115
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 235
  • So'nggi yangiliklar
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 0
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 0
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 1
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 2
  • Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi» 18 apr, 11:17 4
  • AQSH nashri Isroil va Falastin mojarosi haqidagi yangiliklarda “genotsid” so‘zidan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi 18 apr, 10:54 13
  • «Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 18 apr, 10:39 62
  • Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi 18 apr, 10:00 54
  • 20 davlat Ukraina uchun yarim millionta o‘q-dori sotib oladi 18 apr, 09:39 55
  • Yevropa komissiyasi raisi: Rossiyaning urushdagi g‘alabasi YEIga juda qimmatga tushadi 18 apr, 09:15 136
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 259
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 15
  • Bo‘limlar