“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 05:39
ЎЗO‘Z

O‘zingizga yoqqan qiyofani tanlang va xarakteringizni bilib oling

08 dek, 13:39 17 990 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zingizga yoqqan qiyofani tanlang va xarakteringizni bilib oling O‘zingizga yoqqan qiyofani tanlashda chapdan o‘ngga qarab ketma ketlikda raqamni tanlaysiz.

1-shakl

Siz to‘g‘ri so‘z odamsiz. Kulsangiz chin dildan kulasiz va chin ko‘ngildan xursand bo‘lasiz. Har bir odamdagi o‘ziga xos xislatlarni qadrlaysiz. Hayotdan doimo qoniqish tuyasiz. Do‘stlaringiz sizning ochiq ko‘nglingizni qadrlashadi.

2-shakl

Siz quvvatga to‘la odamsiz. Siz har qanday vaziyatda bir nechta ishni birdaniga bajara olasiz. Sharoitga tez moslashasiz. Siz omadga chanqoqsiz va maqsadingiz sari qat’iyat bilan harakat qilasiz. Muhim qarorlarni mas’uliyat bilan qabul qilasiz.

3-shakl

Sizda hamma narsa me’yorida. Siz baxtli odamsiz. Biroq sizning ko‘nglingizni bilish qiyinroq. Chunki siz hamma his-tuyg‘ularingizni oshkor qilavermaysiz. Jamoatchilik fikri siz uchun muhim. Faqat olishni emas, berishni ham yoqtirasiz. Yordamga muhtoj bo‘lganlarga befarq qarab tura olmaysiz.

4-shakl

Siz mehribon odamsiz.Dunyoqarashingiz keng. Siz hammani tushunasiz va kechira olasiz. Tinch osuda hayotni qadrlaysiz. Hattoki atrofdagilarning shovqini ham sizga yoqmaydi. O‘z tinchingizni osuda hayotda deb bilasiz. Tinchlikning bahosini bilasiz va uni qadrlaysiz.

5-shakl

Siz tinib tinchimas, betakror odamsiz. Sizni kichkina hech tinim bilmaydigan motorchaga o‘xshatish mumkin. Siz xonani yoritib turgan eng yorug‘ chiroqqa o‘xshaysiz. Siz g‘oyalarga limmo limsiz. Hech qachon odatiy narsalar sizni qoniqtirmaydi. Siz hech narsani boricha qabul qilmaysiz. Fikru hayolingiz uni o‘zgartirishda bo‘ladi.

6-shakl

Siz hayotga ijobiy qarovchi va yoqimtoy insonsiz. Sizga o‘xshagan optimist va istarasi issiq insonga qiziqmaslik mumkin emas. Siz atrofingizdagi bo‘layotgan voqealarga doim qiziqasiz. Do‘stlaringizdan uzoqlashmaysiz. Atrofingizni doim quvonch o‘rab turishiga urinasiz. Har lahzani quvnoq o‘tkazish sizga xos fazilat. Shuning uchun odamlarni tez o‘zingizga jalb qila olasiz.

7-shakl

Siz oddiy, etti o‘lchab bir kesadigan, mehribon odamsiz. Siz bu dunyoga ozgina bo‘lsa ham ezgulik ulashishga harakat qilasiz. Siz nimagadir erishish uchun bor kuch bilan harakat qilish kerakligiga ishonasiz. Siz dunyoni o‘zgartira olmasligingiz mumkin, lekin odamlarni o‘zgartira olasiz.

8-shakl

Siz o‘ta ehtiroslisiz. Sizga haqiqiy muhabbat kerak. Muhabbatingizni hech qachon uchratmayman degan xavotirda yashaysiz. Siz optimist va yoqimli insonsiz. Lekin yuragingiz jarohatlarga to‘la. Siz tushunish va haqiqiy insoniy munosabatlarni qidirasiz.Siz odamlar uchun munosib tirgak bo‘la olasiz.

9-shakl

Siz dono insonsiz. Yaxshi kitoblardangina rohatlana olasiz. Siz o‘zga dunyolarga yaqinlashishni yoqtirasiz. Siz chuqur fikrlovchi va chidamlisiz. Yangi g‘oyalar va o‘zgarishlarga doim tayyorsiz. Siz tartibli va to‘g‘ri so‘zsiz. Siz uchun eng muhimi o‘zingizga bo‘lgan ishonch. Siz juda aqlli, mustaqil fikrlisiz. Dunyoqarashingiz juda keng. Bundan juda g‘ururlanasiz. Lekin buni hech qachon namoyish qilmaysiz.

Saidabonu tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 200
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 306
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 162
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 280
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 147
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 56
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Bo‘limlar