“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:29
ЎЗO‘Z

GM Uzbekistan 2015 yil oktyabr oyidan gazda harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi

18 mar, 15:12 12 808 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM Uzbekistan 2015 yil oktyabr oyidan gazda harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqara boshlaydi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi joriy yilning oktyabr oyidan ekomobillarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, ya’ni deyarli barcha modellar gaz uskunalari bilan chiqarila boshlaydi, deb xabar bermoqda «Finance.uz».

Kapot ostiga o‘rnatiladigan gaz balloni uskunalarini «Avtosanoat − Landi Renzo» O‘zbekiston−Italiya qo‘shma korxonasi etkazib beradi. Hozirda bunday uskunalar o‘rnatilgan 25 ta avtomobil sinovdan o‘tkazilmoqda. Oktyabr oyida 1500 ta shunday avtomobil sotuvga chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Qurilma 6−8 silindrli avtomobillar (Captiva) dan tashqari GM Uzbekistan’ning barcha modellariga tushadi.

Qayd etilishicha, yangi avloddagi avtomobillarning asosiy ustunliklari sifat, tejamkorlik va ekologiyaga ziyonsizlikdir. Ham benzin, ham gazda birday ishlaydigan avtomobil bozordagi eng tejamkor mashinalardan bo‘ladi. 90 litrli ballon bir marta to‘ldirilganda 340−350 kilometr masofa uchun etarli bo‘ladi. Shuningdek, haydovchi uchun xavfsizlik darajasi ham oshadi.

Uskunaning bir komplekti O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 600−700 dollar atrofida bo‘ladi. Shu munosabati bilan avtomobil narxi ham birmuncha oshadi. Biroq GM Uzbekistan kuzdan boshlab avtomobillarning 50 foizini shunday qurilmalar bilan chiqarishi xaridorga tanlov imkoniyatini qoldiradi.

Manba: www.daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 144
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 151
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 204
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar