“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:56
ЎЗO‘Z

Co‘m va Dollarjon: Ularning taqdiri nima bo‘ladi? (mutaxassis fikri)

30 noya, 22:24 9 330 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Co‘m va Dollarjon: Ularning taqdiri nima bo‘ladi? (mutaxassis fikri) O‘zbekistonda mamlakat Prezidentining «Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Mazkur hujjat o‘z ichiga nimalarni olishi va uning tasdiqlanishi mamlakatda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi borasida muxbir fikri bilan tanishing.

E’lon qilingan hujjat – mamlakatdagi valyuta cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha bosqichli islohotlar loyihasi yoki ilmiy til bilan aytganda, valyuta kursini liberallashtirishdir.

Oldinga qo‘yilgan asosiy vazifa – jozibali investision iqlim va ishbilarmonlik muhiti yaratish. Oddiy til bilan aytsak, respublika hukumati xususiy investisiyalar va xorij kapitalini jalb etish tarafdori.

Buning uchun valyuta almashtirishni soddalashtirish va moliya bozoridagi cheklov choralarini bekor qilish lozim. Bugungi kunda so‘mni xorij valyutasiga almashtirish borasidagi ortiqcha operasiyalar biznes, turistlar va oddiy aholi uchun to‘siq bo‘lmoqda.

Valyuta nima bo‘ladi?

Milliy valyuta kursi bozor mexanizmlari asosida aniqlanadi. Shu vaqtgacha so‘m kursi asosan mamlakat hukumati tomonidan belgilanardi. Valyutani erkin almashtirishga ruxsat beriladi va ko‘plab cheklov choralari bekor qilinadi.

10 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni mamlakatga bemalol olib kirish va olib chiqib ketish mumkin bo‘ladi, bunda 2000 dollargacha mablag‘ni deklarasiyaga yozish shart bo‘lmaydi. Shuningdek, plastik kartalar yordamida tovarlar uchun xorijiy valyutada haq to‘lashga ruxsat beriladi.

Bu yangilik xorij valyutasida maosh oladiganlar va chet elga, masalan AliExpressga mahsulot uchun buyurtma beradiganlarga qulay bo‘ladi. Naqd xorij valyutasida esa savdo qilinmaydi. Biznes uchun nima beradi? Valyuta almashtirishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi. Qonun xususiy tadbirkorlarga tovarlar va xizmatlar importi uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan to‘lov qilishga ruxsat beradi.

Bundan tashqari, eksportchi va importchilar ichki bozorda valyutaga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritishadi. Xorij firmalari uchun ulkan imkoniyatlar ochiladi — O‘zbekiston norezidentlari mamlakat banklarida o‘z hisob raqamlarini ochishlari mumkin bo‘ladi va mablag‘laridan erkin foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat to‘lovlari va soliqlar so‘mda to‘lanadi. Valyutada olingan daromad va dividendlarni esa valyutada to‘lash mumkin bo‘ladi. Boshlanishi oson bo‘lmaydi Dastlabki vaqtda birdaniga hammasi yaxshi bo‘lib ketishini kutish kerakmas, deydi Lomonosov nomidagi MDU iqtisodiyot fakultetining makroiqtisodiy siyosat va strategik boshqaruv kafedrasi dosenti Oleg Buklemishev. Uning fikricha, Rossiyaning bundan yigirma besh ilgarigi tajribasi vaziyat haqida keng tushuncha beradi.

«Agar sobiq sovet respublikalari tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, dastlab bu ijobiy natijalar keltirmagan, lekin vaqt o‘tishi bilan, biznesning rivojlanishi va me’yoriy boshqaruv tizimi o‘rnatilishi sababli valyuta kursini liberallashtirish ijobiy natijasini berdi».

Ekspertning fikriga ko‘ra, dastlabki paytda so‘m kursi tushadi, xususiy savdo va eksport hajmi oshadi. «Odatda, bunday choralardan keyin milliy valyuta kursi tushadi, devalvasiya sodir bo‘ladi. Bu narxlar tafovutidan foydalanuvchi turli o‘yinchilarni o‘ziga jalb etadi. Vujudga kelgan vaziyatdan xom ashyo eksportchilari foydalanishga harakat qilishadi, bozorga esa jismoniy shaxslar kirib kelishadi», — dedi ekspert.

Umuman olganda, hukumatning ehtiyotkorligi va valyutani liberallashtirish masalasini xalq muhokamasiga qo‘yishi respublika rahbariyat barcha jihatlarni hisobga olganini va avvalo aholini mazkur qadamga tayyorlashga qaror qilganini ko‘rsatadi. Umuman, hujjat ham hozircha umumiy xarakterga ega — har bir moddaning aniq amalga oshirilish muddatlari keltirilmagan, portal foydalanuvchilari izoh berganlaridek, u hozircha umumiy xarakterga ega. Lekin qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola etilgani – yangi hukumat islohotlarni davom ettirish yo‘lidan borishini bildiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 52
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar