“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 22:14
ЎЗO‘Z

Toshkentda 12 ta ko‘prik quriladi

28 noya, 21:18 6 906 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 12 ta ko‘prik quriladi «Istiqbolda transport kommunikasiya tarmoqlari, chorrahalarni takomillashtirish, yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishning puxta o‘ylangan strategiyasini belgilash bilan bog‘liq maxsus Hukumat qarori tayyorlanishi kerak, deb hisoblayman.»

Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning fikricha, ushbu hujjatda shahar aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish, tobora ko‘payib borayotgan transport oqimini oqilona boshqarish, aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan kelgusi 5 yilda umumiy qiymati 1 trillion so‘m, uzunligi 529 kilometr bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga doir barcha tashkiliy va moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar albatta o‘z echimini topishi kerak.

“Jumladan, shaharda 2017-2018 yillarda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 84 milliard so‘m, uzunligi 32,2 kilometrdan ziyod bo‘lgan “Kichik halqa yo‘li” barpo etilishi, rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishi belgilangan. Yaqin besh yilda davlat byudjeti va respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 916 milliard so‘m bo‘lgan 12 ta yangi ko‘prik quriladi, umumiy foydalanishdagi 68 kilometrdan ortiq yo‘l quriladi va rekonstruksiya qilinadi”, – dedi Mirziyoyev.

Uning aytishicha, hozirgi vaqtda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida Bo‘zsuv kanali orqali 400 metr uzunlikdagi va 6 ta polosali, umumiy qiymati 38 milliard so‘m bo‘lgan ko‘prik qurilishi boshlab yuborildi va u kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

“Chilonzor tumanida Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joyda umumiy qiymati 42 milliard so‘m bo‘lgan transport bog‘lamasini davlat byudjeti hisobidan barpo etish boshlanadi. Bu inshoot ko‘prik, piyodalar o‘tish joyi va olti polosali zamonaviy avtomagistralni o‘z ichiga oladi. Sirg‘ali tumanida 2017 yilda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 79 milliard so‘m, uzunligi 10 kilometr bo‘lgan 6 polosali Qipchoq ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi. Bu ko‘cha bo‘ylab temir yo‘l ustidan yangi ko‘prik barpo etilishi ham ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, 2017 yilda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 42 milliard so‘m, uzunligi 5 kilometr bo‘lgan 6 polosali loyihaviy yangi ko‘cha barpo etiladi”, – o‘z so‘zini yakunladi Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 216
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 254
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 80
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 205
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 310
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Bo‘limlar