“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:57
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida 2022 yilgacha 12ta yangi ko‘prik quriladi

28 noya, 15:54 8 474 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida 2022 yilgacha 12ta yangi ko‘prik quriladi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda Toshkent shahrida amalga oshirilajak loyihalar haqida gapirdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Istiqbolda transport kommunikasiya tarmoqlari, chorrahalarni takomillashtirish, yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilishning puxta o‘ylangan strategiyasini belgilash bilan bog‘liq maxsus Hukumat qarori tayyorlanishi kerak, deb hisoblayman», degan u.

Uning fikricha, ushbu hujjatda shahar aholisi uchun qulay sharoitlar yaratish, tobora ko‘payib borayotgan transport oqimini oqilona boshqarish, aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish yuzasidan kelgusi 5 yilda umumiy qiymati 1 trillion so‘m, uzunligi 529 kilometr bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishga doir barcha tashkiliy va moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar albatta o‘z echimini topishi kerak.

«Jumladan, shaharda 2017-2018 yillarda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 84 milliard so‘m, uzunligi 32,2 kilometrdan ziyod bo‘lgan “Kichik halqa yo‘li” barpo etilishi, rekonstruksiya qilinishi va ta’mirlanishi belgilangan. Yaqin 5 yilda davlat byudjeti va respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 916 milliard so‘m bo‘lgan 12ta yangi ko‘prik quriladi, umumiy foydalanishdagi 68 kilometrdan ortiq yo‘l quriladi va rekonstruksiya qilinadi», – degan Mirziyoyev.

Uning aytishicha, hozirgi vaqtda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida Bo‘zsuv kanali orqali 400 metr uzunlikdagi va 6ta polosali, umumiy qiymati 38 milliard so‘m bo‘lgan ko‘prik qurilishi boshlab yuborildi va u kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

«Chilonzor tumanida Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joyda umumiy qiymati 42 milliard so‘m bo‘lgan transport bog‘lamasini davlat byudjeti hisobidan barpo etish boshlanadi. Bu inshoot ko‘prik, piyodalar o‘tish joyi va olti polosali zamonaviy avtomagistralni o‘z ichiga oladi. Sirg‘ali tumanida 2017 yilda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 79 milliard so‘m, uzunligi 10 kilometr bo‘lgan 6 polosali Qipchoq ko‘chasi rekonstruksiya qilinadi. Bu ko‘cha bo‘ylab temir yo‘l ustidan yangi ko‘prik barpo etilishi ham ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, 2017 yilda respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan umumiy qiymati 42 milliard so‘m, uzunligi 5 kilometr bo‘lgan 6 polosali loyihaviy yangi ko‘cha barpo etiladi», – deya bu mavzu haqida o‘z so‘zini yakunladi Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 166
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 218
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 258
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 57
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar