“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 10:10
ЎЗO‘Z

Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari

24 noya, 14:00 40 115 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xotira pasayishi sabablari va mustahkamlash usullari
Xotirani mustahkamlash usullari:

Sizda xotira susayishi kuzatilayaptimi? Unda:
  1. Ayollar uchun har hafta bir mil piyoda yurish xotiraning kuchayishini 13 foizga yaxshilaydi;
  2. Ovqatlanish tartibiga va ovqat tarkibiga e’tibor bering: inson miyasi tana og‘irligining atigi 2% ini tashkil qiladi, lekin qabul qilayotgan kislorod va ozuqalarining 20% ini iste’mol qiladi;
  3. Miya – tananing bir bo‘lagi. Shu bois, tanamiz uchun bajarayotgan jismoniy mashqlar miya faoliyati rivojlanishiga ham yaxshi yordam beradi;
  4. Miyani yangi g‘ayrat, faollik bilan harakatga undang O‘rganish orqali rivojlaning, zero miyamiz borligining sababi ham – yashab turgan muhitimizni o‘rganish, o‘zgartirish hisoblanadi;
  5. Miyangizni chetdagi odamlar fikrlari asosida emas, balki o‘z shaxsiy fikrlaringizga tayangan holda ishlating. Boshqalar fikri asosida qarorlar qabul qilish bora-bora miyani dangasa qilib qo‘yadi. Fikrlarni jamlab, tahlil qilish orqali so‘nggi xulosani faqat o‘zingiz chiqarishingiz lozim. Shu yo‘sinda o‘z miyangizni mashq qildirib borasiz;
  6. Yangiliklarga intiling. Tadqiqot olib borish, sayohat qilish, turar joyni o‘zgartirib turish foydali bo‘lib, insonni muhitga ko‘proq e’tibor berishga undaydi;
  7. Yangi til o‘rganishing. Olib borilgan izlanishlarga ko‘ra,, o‘z tilini ham yaxshi bilmaydiganlar yoki xorijiy tillarni bilmaydigan insonlar xotira susayishi kasaliga nisbatan ko‘proq duchor bo‘lishar ekan;
  8. Asabiylashish va xavotirlanish nafaqat nerv xo‘jayralarini nobud qiladi, balki yangilarining yaralishiga to‘sqinlik qiladi. Miyadagi nerv xo‘jayralarining qanchalik uzoq yashashi ulardan qanday foydalanishimizga bogliq. Kayfiyatingizni doimo yaxshi qilishga va jilmayib yurishga odatlaning.
  9. Hayotda zabt etishingiz mumkin bo‘lgan cho‘qqilarni tasavvur qiling, ilhomlantiruvchi, hissiyotlarni uyg‘otuvchi so‘zlar, nutqlarni tinglang, o‘qing. Maktab, kollej, oliy o‘quv yurtini tugatgandan so‘ng ham izlanishda davom eting. Bunda yoshning ahamiyati yo‘q. Miyangiz rivojlanishda davom etayotgani sizning nima bajarayotganingizda yaqqol ko‘rinadi;
  10. Qolaversa, tabiatimizning o‘zi tabib: mayiz, yong‘oq, asal, sut mahsulotlari xotira pasayishiga davo sifatida e’tirof etiladi.

“Sog‘ tanda sog‘lom aql” deydilar. Tanimizdagi bugun arzimas ko‘ringan dardni vaqtida davolamasak, bir kasallik ikkinchi birini etaklab kelmasligiga kafolat berib bo‘ladimi?! Zero, inson organizmidagi har bir a’zo zanjir kabi: bir-biriga bog‘liq. Barchangizga mustahkam xotira tilaymiz. Doimo salomat bo‘ling, aziz o‘quvchi!!!



Mavzuga oid yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 200
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 312
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 163
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 281
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 2
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 6
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 105
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 7
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 118
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 90
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 54
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 13
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 49
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 122
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 237
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 496
  • Bo‘limlar