“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 12:46
ЎЗO‘Z

Qovoqdan maxsus reseptlar: husnbuzar, sepkil, kuyishda yordam beradi

16 noya, 11:31 18 879 ---
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qovoqdan maxsus reseptlar: husnbuzar, sepkil, kuyishda yordam beradi Qovoqdan turli ajoyib taomlar, desertlar tayyorlash mumkin. U organizm uchun koni foydadir, vitaminlarning ulkan zahirasi sanaladi. Qovoqda ko‘z muammosiga foydali bo‘lgan karotin moddasi sabziga qaraganda besh barobar, mol jigariga qaraganda uch marta ko‘pdir. U sellyuloza, mineral, kalsiy, kaliy, temir moddasi, oqsil va uglevodlarga boy, qovoqda S, V1, V2, V5, E vitaminlari mavjud.

Qon hosil bo‘lishida ishtirok etadigan V6 vitamini ham qovoqda bor. Qovoqni iste’mol qilish barobarida siz organizmdagi ortiqcha tuz va suvni jigarga salbiy ta’sir etmagan holda chiqara olasiz. Shuning uchun ham, peshob chiqish tizimi yallig‘langanda, surunkali ich qotishda, uyqusizlikda, asabiylashganda, buyrak etishmovchiligida qovoq suvi juda foydali. Uni yana nefrit, pielonefrit kasalliklarida eyish tavsiya etiladi. Shifokorlar yurak-qon tomir kasalliklariga uchragan, yuqori qon bosimi bilan yuradigan odamlarga ham qovoq eyishni tavsiya etishadi.

RESEPTLAR:

Qovoqdan kosmetologiyada ham unumli foydalanishadi.

·Agar yuzingizda husnbuzarlar bo‘lsa, bir bo‘lak qovoq eti bilan yuzni arting.

·Qovoq qirg‘ichning mayda tishidan o‘tkaziladi. Aralashma paxta ustiga yo dokaga solinib, yuzga qo‘yiladi. Bu muolaja haftada 2 marta qilinishi kerak. U 15 daqiqa davomida ushlab turiladi. Umumiy niqoblar soni 20 ta bo‘lishi maqsadga muvofiq. U hamma teri turlariga mos. U terini namlab, tozalaydi, shu bilan birga, vitaminlashtiruvchi va oziqlantiruvchi vosita hamdir.

·Yuz terisi chiroyli ko‘rinishi uchun quyidagi niqobni tayyorlang. 3 osh qoshiq qaynatilgan qovoq etiga bitta tuxum sarig‘i, bir choy qoshiq asal qo‘shiladi. Uni qo‘yishdan oldin yuzni tayyorlab olish darkor. Buning uchun yuzga bir-ikki daqiqa issiq kompress qo‘ying. Undan so‘ng yuz issiqligi paytida qovoqli niqobni surasiz va 15 daqiqadan so‘ng u sovuq suvda yuvib tashlanadi.

·Ushbu niqob esa quruq yuzga foydali. Ikki osh qoshiq pishirilgan qovoq 1 osh qoshiq yog‘ (zaytun yoki bodom yog‘i bo‘lsa yanayam yaxshi) bilan aralashtirilib, yaxshilab ko‘pirtiriladi. Niqob yuzga 20 daqiqa qo‘yilib, keyin sovuq suvda chayib tashlanadi.

·Yuz shishganda foyda beradigan niqob: mayda to‘g‘ralgan qovoq (2 osh qoshiq) ozgina suv bilan past olovda qaynatiladi. U 0,5 osh qoshiq asal bilan aralashtiriladi. Iliqligida dokaga qo‘yilib, yuzga suriladi, ustidan sochiq yopiladi. 20 daqiqadan so‘ng u sovuq suvda yuvib tashlanadi. Davolash muolajasi 3 yoki 4 marta bo‘lishi darkor. Niqob kun aro qilinadi.

·Yuzdagi dog‘ va sepkillarni esa qaynatilgan qovoq bo‘laklarini surish orqali yo‘qotish mumkin.

·Husnbuzarlar, turli toshmalar, ekzema va kuyishlarda ham bo‘tqa holiga keltirilgan qovoq yordam bera oladi.

MOHINABONU tayyorladi

Manba: diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 278
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 126
  • Ichimlik sodasining qanday zarari bor va uning o‘rniga nimadan foydalanish mumkin? 17 apr, 14:00 121
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 104
  • Bahorda tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy mahsulotlar 09 apr, 20:53 227
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 38
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 255
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 129
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 88
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 123
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Bo‘limlar