“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

Suriyalik qochoqlarning 170 ming nafar farzandi Turkiyada dunyoga keldi

05 noya, 17:18 8 073 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suriyalik qochoqlarning 170 ming nafar farzandi Turkiyada dunyoga keldi Suriyadagi mojarolar sabab Turkiyaga qochoqlar kelishni boshlaganidan buyon Turkiyada suriyalik qochoqlarning 170 ming nafar farzandi dunyoga keldi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti yozmoqda.

Turkiyaning Ofatlar va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish boshqarmasi (AFAD)ning ta’kidlashicha, bu holat, o‘z navbatida, mamlakat bo‘ylab onalik va bolalikni muxofaza qilishda homilador va emizikli qochoq ayollarni maxsus oziq-ovqat bilan ta’minlashni talab qiladi.

Turkiya Suriya qochoqlarining eng ko‘pi joylashgan mamlakat hisoblanadi. Shu kungacha Turkiyaga 3 milliondan ortiq suriyalik qochib o‘tgan. Ushbu davlat qochoqlar uchun 12 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflagan.

Jahon hamjamiyatining bugungacha qilgan moliyaviy yordami 512 million AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Shuningdek, AFAD urush boshlanganidan buyon Suriyaga 520 mln AQSh dollariga teng gumanitar yordam yuborgan.

Suriyalik 82 ming nafar bola Turkiyadagi o‘z turar joylari hududidagi maktablarga qabul qilindi. Turkiya Ta’lim vazirligi va AFAD hamkorligida 310 ming nafar bog‘cha va o‘rta maktab tarbiyalanuvchilari ko‘chalardan yig‘ib olindi hamda ta’lim va tarbiya muassasalariga qabul qilindi.

115 ming suriyalik voyaga etgan yoshlar AFAD markazlarida tashkil etilgan turli sertifikatlar berish dasturidan foydalanib ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ko‘plab suriyalik ayollar qochoqlar lagerlarida boshqaruv vazifalarida ish olib bormoqda.

AFAD, shuningdek, qochoqlar orasida erta turmush qurish va ko‘pxotinlilikdan ogoh bo‘lishga qattiq kirishgan.

Mojarolar boshlanganidan buyon 400 ming nafar odam, jumladan, Suriyadagi tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. 13,5 mln nafar odam insonparvarlik yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 99
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 212
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 63
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 89
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar