“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 03:12
ЎЗO‘Z

Farhod Alimov: “It xuradi, karvon o‘tadi”

04 noya, 17:12 12 885 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farhod Alimov: “It xuradi, karvon o‘tadi” 5 noyabr kuni boshlovchi Farhod Alimov hamda xonanda Rayhon G‘anievaning nikoh to‘yi munosabati bilan Toshkentdagi “Sayohat” restoranida soat 12:00 da Amru-ma’ruf dasturxoni yoziladi.

Shu munosabat bilan biz har ikkala juftlik bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ular tayyorgarlik ishlari bilan band.

Ikki ijodkorning to‘y munosabatlari bilan bergan maqolalarimizdan birida, Farhod Alimov muxlislar bildirayotgan salbiy fikrlarni inobatga olib, rafiqasi bilan ajrashishiga Rayhonning aloqasi yo‘q ekanini aytgandi. Albatta, aksariyat muxlislar ularning turmush qurayotganidan xursand. Ular orasida hali-hamon to‘yga qarshi chiqayotgan muxlislar ham yo‘q emas.

Farhod Alimov shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlarga Rayhonning aloqador emasligini aytganidan so‘ng, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi salbiy fikrlar yomg‘iri ostida qoldi. Tabiiyki, baxtli kunlaridan biriga tayyorgarlik ko‘rayotgan har qanday insonga bu yoqmagan bo‘lardi. Bir necha soat avval, Farhod Alimov o‘zining Instagram’dagi sahifasiga aynan salbiy fikr mualliflariga nisbatan javob qoldirdi.

“Hammaga yaxshilik, muhabbat va bir-birini tushunish baxtini tilayman! Men tomonga tupurgan har bir kishiga mustahkam sog‘liq, oilalariga chin dildan baxt va farovonlik tilayman” deyiladi postda.

Shu bilan birga, postga surat ham ilova qilingan.

It va karvon ishtirokidagi tasvirga “Karvon to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganida, itlar, ayniqsa, ko‘proq xuriydi” deb yozilgan.

Farhod Alimovning hamkasbi Jahongir Shahobiddinov ushbu postga quyidagi izohni yozib qoldirdi.

“Siz Yaratgan oldida to‘g‘risiz. Odamlar esa ko‘nikishadi... Siz uchun juda ham xursandmiz. Jilmaying, salom, Farhod Alimov va Rayhon G‘anieva”

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 225
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 305
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 95
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 0
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Bo‘limlar