“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:40
ЎЗO‘Z

Samarqand avtomobil zavodi xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etdi

30 okt, 11:00 10 043 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand avtomobil zavodi xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etdi Shu kunlarda Toshkentdagi «O‘zEkspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi hududida an’anaviy Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 31 oktyabriga qadar davom etadigan mazkur tadbirda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Samarqand avtomobil zavodi 6 turdagi mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etmoqda.
Past polli LE60 shahar avtobusi, ISUZU NKR shassisi bazasidagi tez yordam avtomobili, NKR toifasidagi kam yuk ko‘taruvchi avtofurgon hamda maxsus transport vositalaridan NQR o‘t o‘chirish avtomobili va siqilgan tabiiy gaz (metan)da ishlovchi dvigatel bilan jihozlangan NPR 82L chiqindi tashuvchi avtomobili shular jumlasidandir.

Bundan tashqari Samarqand avtomobil zavodi mahsulotlari ekspozisiyasidan yangi SAZ HD 50 avtobusi ham o‘rin olgan bo‘lib, 44 nafar yo‘lovchini o‘ziga sig‘dira oladigan ushbu transport vositasida yo‘lovchilar uchun 29 ta o‘rindiq mavjud. Yangi avtobus 150 ot kuchi quvvatiga teng Evro-4 xalqaro ekologik talablariga javob beruvchi, dizel yoqilg‘ili ISUZU dvigateli bilan jihozlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 162
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 208
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 203
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar