“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 14:43
ЎЗO‘Z

Rayhon G‘aniyeva 29 oktyabr kuni turmushga chiqyapti...mi?!

25 okt, 22:54 17 382 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rayhon G‘aniyeva 29 oktyabr kuni turmushga chiqyapti...mi?! 2012 yilning 16 noyabrida estradamizning yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva va aktyor Yigitali Mamajonovning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. To‘yda Nilufar Sotiboldieva va Farhod Alimov boshlovchilik qilishgandi. 2014 yilning 5 may kuni esa ularning oilasida egizak farzandlar – Islom va Imron dunyoga kelishdi.

Xabaringiz bor, 2015 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani haqida rasman xabar qilgandi/ Shu bugunga qadar Rayhon va Yigitali oilaviy ajrim sabablarini OAVga va muxlislariga aniq oshkor qilishgani yo‘q. Biroq, Rayhonning OAVga bergan intervyulari va ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirgan izohlarida turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovdan qattiq ranjiganini sezish qiyin emasdi.

Bundan tashqari, Yigitalining ijtimoiy tarmoqda oilasi haqida aytgan va yozgan fikrlari muxlislarning g‘azabiga sabab bo‘lgandi.

Rayhon ajralish haqidagi rasmiy ma’lumotdan so‘ng, namunali ayollar kabi bu borada ortiqcha izoh bermadi, sobiq turmush o‘rtog‘i haqida hech qanday salbiy gap aytmadi. U bor e’tiborini ijodiga va o‘g‘illari – Islom va Imronga qaratdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

Shu kunlarda Telegram messenjerida Rayhon G‘anievaning asli teatr aktyori bo‘lgan, ammo bugungi kunda to‘ylar, turli nufuzli tadbirlarda boshlovchilik qilayotgan Farhod Alimov bilan tushgan surati tarqalmoqda. Ayni surat muxlislar orasida ko‘plab mish-mishlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Surat borasida Rayhon ham Farhod Alimov ham fikr bildirishmadi. Ko‘p o‘tmay, Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning do‘konda nikoh uzugi xarid qilayotganini ko‘rganlar ham topildi. Surishtiruvlar natijasida ishonchli manbalardan biri “Qalampir.uz” saytiga boshlovchi Farhod Alimov va Rayhon G‘anievaning turmush qurayotganliklari haqida xabar qildi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kundan so‘ng, ya’ni 29 oktyabr kuni Farhod va Rayhonning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, to‘y O‘zbekistonda emas, boshqa mamlakatda tor doirada o‘tkaziladi.

Biz bu boradagi savollar bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva hamda Farhod Alimovga qo‘ng‘iroq qildik. Ular bizni va albatta, millionlab muxlislarni qiziqtirayotgan savolga javob berishgani yo‘q. Ammo tez orada biz ularning bu boradagi izohlarini e’tiboringizga havola etamiz, degan umiddamiz.

Ma’lumot uchun, Rayhon G‘anievaning sobiq turmushidan ikki o‘g‘li, Farhod Alimovning esa ikki qizi va bir o‘g‘li bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 32
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 539
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 344
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 444
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 1
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 1
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 6
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 21
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 63
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 74
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 215
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 74
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 41
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 90
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 100
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 47
  • Bo‘limlar