“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:54
ЎЗO‘Z

Nevrologdan asabni asrashda asqotadigan 14 ta muhim tavsiya

16 okt, 23:08 14 281 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nevrologdan asabni asrashda asqotadigan 14 ta muhim tavsiya Odam hadeb asabiylashaversa, kayfiyati tez-tez buziladigan, shovqin-suronni, shodlikni, o‘yin-kulgini yoqtirmaydigan, loqayd bo‘lib qoladi, uyda va ishda tinchlik-osoyish­talik bo‘lishini istaydi, deb yozadi "Mulohaza.uz" sayti.

Agar bunday salbiy o‘zgarishlar tez-tez takrorlanaversa, ichki a’zolar faoliyati buziladi, natijada kishining boshi yostiqqa tegadi. Shuni unutmaslik kerakki, kishi tash­qi muhitdagi yomon ta’sirga qanchalik ta’sirchan bo‘lsa, organizmning infeksiyalarga va yuqumli kaslliklarga nisbatan chidamliligi shunchalik pasayib ketadi. Natijada kishi har xil kasalliklarga tez chalinadigan bo‘lib qoladi, ya’ni uning immun tizimi shikastlanadi.

Quyida hadeb asabiylashmaslik, asabni asrashning yo‘l-yo‘riqlarini bayon qilamiz.

1) Sabr-toqatli, mehnatsevar, odob-axloqli, irodali bo‘lish kabi xususiyatlar qanchalik yaxshi rivojlangan bo‘lsa, u o‘z ruhiy muvozanatini shunchalik saqlay oladi. Bu xususiyatlar esa kasalliklarni oldini olishda muhimdir.

2) Uyda, ishda, jamoada sog‘lom ruhiy muhitni yaratish, bir-biriga yaxshilik istagi va o‘zgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi. O‘ksinish, xafagarchilikni tez yoddan chiqarish, kek saqlamaslik va ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi. Bir vaqtning o‘zida ham kulish ham yig‘lashni bolalardan o‘rganish zarur. Hissiyotlarni chiniqtirish va tarbiyalash kerak.

3) Yoqimli musiqa salbiy hissiyotlarni bosishda va charchoqni yo‘qotishda katta ahamiyatga ega. Musiqa va she’riyat insonning so‘z orqali ifodalay olmagan nozik tuyg‘ularini o‘zida aks etadi va tanga orom bag‘ishlaydi. Yoqimli musiqa eshitib dam oling. Bu albatta sizdagi charchoq va ruhiy zo‘riqish (stress)ni engishda yordam beradi.

4) Ijobiy hissiyotlar, ya’ni haqiqiy kulgu va jilmayish bosh miya qon tomirlari orqali o‘tadigan qon miqdorini oshirib, miya to‘qimasining kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

5) Samimiy kulgu miyani chiqindilardan tozalab, ruhiyatni tetik qiladi va yengillashtiradi, kayfiyatni ko‘taradi.

6) Ertalab odatdagidan o‘n daqiqa oldin turing. Ertaga kiyiladigan kiyimlar, zaruriy ish qog‘ozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qo‘ying va hokazo.

7) Bugungi ishni ertaga qo‘ymang, bu stressni, keltirib chiqaradi. Uyda hamma birday ishlashi va foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lishi kerak, aksincha bo‘lsa bu sizni asabiylashtiradi.

8) Muvaffaqiyatlaringizni doimo eslab, bundan huzurlanib, bitta omadsizlikka 10 ta omadingizni naqd ekanini yodda tuting.

9) Suhbati zerikarli va doimo hayotdan noliydigan insonlardan yiroq bo‘ling.

10) Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullaning.

11) Uyqu asabga orom beruvchi eng yaxshi vosita ekanligini doimo esda tuting. Har kuni 7-8 soat to‘yib uxlang.

12) To‘g‘ri va sifatli ovqatlanish talablariga rioya qiling.

13) O‘zgalarga doimo yaxshilik qilib yuring. Atrofingizdagilarga ham tez-tez yaxshi tilak bildirib turing. Bundan avvvalo o‘zingizning kayfiyatingiz ko‘tariladi va ezgulik qalbingizni nurga to‘ldiradi.

14) Har bir inson hayotda qiyin vaziyatga tushib qolgan paytda, bunday vaziyatning ahamiyatini hayotining asosiy mazmuni bilan xayolan taqqoslab ko‘rishi lozim. Bu taqqoslash vaziyatni yumshatadi, o‘tkinchi bu holat keltiradigan zarar oldida hayotining asosiy mazmuni naqadar ulug‘ ekaniga ishonch hosil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 325
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 487
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 330
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 359
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 437
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar