«Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Sesk Fabregas haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Sesk «Chelsi»ga o‘tishini kutmagandim, chunki men londonliklarni avval boshqarganimda u "Arsenal"da o‘ynagandi. "Real"da ishlaganimda esa u "Barselona" tarkibida to‘p surgan. Shu sababli Fabregas «Chelsi»ga o‘tishini kutmagandim.
Bu kutilmaganda bo‘ldi. Ammo shu bilan birga jamoamiz uchun fantastik transfer bo‘ldi. U jamoamiz o‘yinini o‘zgartira oldi", - deydi murabbiy.