“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:23
ЎЗO‘Z

Antoniu Guterrish BMTning yangi bosh kotibi bo‘ladi

14 okt, 15:00 6 876 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Antoniu Guterrish BMTning yangi bosh kotibi bo‘ladi BMT Bosh Assambleyasi tashkilot bosh kotibligi lavozimiga portugaliyalik Antonie Guterrish nomzodini tasdiqladi.
13 oktyabr kuni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga ko‘ra ovoz berishlarsiz BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari portugaliyalik Antoniu Guterrishni 2017 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha muddatga BMT bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda BMT Yangiliklar markazi xabar qildi.

Mazkur masalaga bag‘ishlangan yalpi yig‘ilishda Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Federasiyasining BMTdagi doimiy vakili Xavfsizlik kengashi tavsiyasini o‘qib eshittirdi.

Uning ortidan Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi raisi mintaqaviy guruhlar koordinatorlari nomidan yangi bosh kotibni tayinlash to‘g‘risidagi rezolyusiyani o‘qib eshittirdi. Uni ovoz berishgacha ko‘tarib chiqish istagida bo‘lganlar topilmadi va Antoniu Guterrish akklamasiya yo‘li bilan BMTning yangi bosh kotibi etib tayinlandi.

Amaldagi bosh kotib Pan Gi Mun, mezbon mamlakat sifatida AQSh vakili hamda besh mintaqaviy guruh raislari so‘zga chiqdi.

Antoniu Guterrish 2005 yil iyundan 2015 yil dekabrigacha qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy komissari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Antoniu Guterrish 1949 yil 30 aprelda Lissabonda tavallud topgan.Oliy texnika institutida muhandislik ishini o‘rgangan hamda OTMda o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan. 1995 yil Portugaliya bosh vaziri lavozimini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Pan Gi Mun ganalik Kofi Annandan so‘ng mazkur mansabni egallagan. Undan avval esa Butros Butros-G‘oliy (1992−1996), Xaver Peres de Kuelyar (1982−1991), Kurt Valdxaym (1972−1981), U Tan (1961−1971), Dag Xammarsheld (1953−1961) va Tryugve Li (1946−1952) BMT bosh kotibi bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • So'nggi yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 11
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Toshkentda o‘quvchisining nomusiga tegmoqchi bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi 8 yilga qamaldi 28 mar, 11:39 108
  • BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda otashkesimni talab qildi. Bu nimani anglatadi? 28 mar, 11:10 90
  • Bo‘limlar