“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 11:33
ЎЗO‘Z

47 yoshli avtomobil o‘g‘risi Angrenda qo‘lga tushdi

12 okt, 16:58 8 878 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
47 yoshli avtomobil o‘g‘risi Angrenda qo‘lga tushdi Farg‘onalik 47 yoshli fuqaro Ohangaronda qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini o‘g‘irlab ketdi. Buzoqning yugurgani samonxonagacha, deganlaridek jinoyatchi Angren shahridada qo‘lga tushdi. Bu haqda "Qalampir.uz" manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Gap shundaki, Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shaharida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Nexia rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Angren armatura izolyatorlash zavodi” MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 0
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 0
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Bo‘limlar