“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 20:48
ЎЗO‘Z

Amnistiya to‘g‘risidagi qaror matni e’lon qilindi.

11 okt, 17:14 12 880 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amnistiya to‘g‘risidagi qaror matni e’lon qilindi. O‘zbekiston axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish haqida kiritgan taqdimnomasini e’lon qildi.

Insonparvarlik prinsiplariga amal qilgan holda, avvalgi amnistiya aktlarini qo‘llash va shaxsga oid ish hujjatlarini o‘rganish natijalari asosida, kelgusida ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlash zaruriyati yo‘qolganligini, shuningdek, yoshi va sog‘lig‘ini inobatga olib, quyidagilarni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qabul qilish taklif etiladi:

1. Hukm qilingan: ayollarni; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni; 60 yoshdan oshgan erkaklarni; chet davlatlar fuqarolarini; I va II guruh nogironlarini; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarni, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaxslar bundan mustasno);

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkumlarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

4. Ayollar; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar; 60 yoshdan oshgan erkaklar; chet davlatlar fuqarolari; I va II guruh nogironlari; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarga (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan barcha jinoyat ishlarini tugatish;

5. Amnistiya aktiga asosan ozod qilinmaydigan shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatini:

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — uchdan bir qismiga;

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — to‘rtdan bir qismiga qisqartirish.

Bunda, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarning jazo muddatini qisqartirmaslik taklif qilinadi;

6. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va oqibatlarini hisobga olgan holda:

uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan;

o‘ta xavfli residivist deb topilgan;

jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan;

jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan;

muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyatlar sodir etgan;

o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga nisbatan amnistiya aktini tatbiq etmaslik.

Shu bilan birga, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarni ham jazodan ozod qilish taklif etiladi.

Bundan tashqari, amnistiya aktida asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlarni qo‘shimcha jazodan ozod etmaslik haqidagi normani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Amnistiya aktini tatbiq etish borasida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashda parlament va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, mazkur jarayonda senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining bevosita ishtirokini nazarda tutish taklif qilinadi.

Samarali profilaktik ahamiyatga ega bo‘lgan amnistiya aktining taklif etilgan toifadagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi ularni tezroq ijtimoiy reabilitasiya qilish va jamiyatga moslashishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish haqida taqdimnoma kiritilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 234
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 53
  • So'nggi yangiliklar
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 14
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 46
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 26
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 97
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 180
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 45
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 47
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 147
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 124
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 160
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 217
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 202
  • Bo‘limlar