“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:42
ЎЗO‘Z

Eurasia Mobile Challenge tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi

22 sen, 12:48 6 009 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eurasia Mobile Challenge tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi Beeline “Evraosiyo mobil kubogi” (Eurasia Mobile Challenge) halqaro mobil ilovalar tanloviga ishtirokchilarni ro‘yhatdan o‘tkazish davom etayotganligi haqida xabar beradi. 15 oktyabr kuniga qadar O‘zbekistonda mobil ilova joriy qilgan har bir mutaxassis www.eurasiamobilechallenge.com saytida ro‘yhatdan o‘tishi va hududiy birinchilikga uch yo‘llanmadan birin qo‘lga kiritishi mumkin.

“O‘tgan yili O‘zbekiston EMC doirasida juda muvaffaqiyatli chiqish qildi: Stolik guruhi Evraosiyo bosqichining sovrindorlariga aylanib, nafaqat $10 000 mukofotni qo‘lga kiritdi, balki Barselonadagi Gliobal Mobile Challenge‘ga yo‘llanma oldi, – deydi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bundan tashqari: bugungi kunda guruh loyihasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, bu esa loyiha mualliflari tanlagan biznes-modelning mustahkamligini ko‘rsatadi. Ishonaman, bu yutuq butun respublika bo‘ylab boshqa startaper va ishlab chiqaruvchilarni EMC tanlovida yanada faol ishtirok etishlari uchun ilhomlantirdi: mobil ilovalar — halqaro darajaga tez chiqish uchun ko‘p bo‘lmagan sohalardan biridir. Albatta, kerakli ashyoviy, texnologik va ekspertlik qo‘llab-quvvatlash yordamida, aynan shu resurslarni esa Eurasia Mobile Challenge taqdim etadi».

Eslatib o‘tamiz, ikki yildan beri Eurasia Mobile Challenge VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar, master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil echimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovasiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar. Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 98
  • Amerikada zinapoyadan ko‘tarila oladigan robot-changyutgich ixtiro qilindi (foto, video) 27 mar, 16:30 49
  • Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi 27 mar, 14:58 51
  • Dunyodagi eng tezkor kamera ishlab chiqildi 27 mar, 12:39 78
  • Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin? 26 mar, 18:42 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar