“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi

16 sen, 23:46 11 368 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiyalik shifokorlar nikohning erkaklar uchun foydali ekanligini isbotlashdi Yaponiyaning Yokogama universiteti shifokorlari nikoh qurgan erkaklar oladigan ustunliklarni aytishdi. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot Myunxenda qand qasalligini o‘rganish bo‘yicha Evropa uyushmasining har yillik uchrashuvida taqdim qilindi. U haqda qisqacha The Daily Mail nashriga asoslanib "Kun" xabar bermoqda.

Olimlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlardan ikki marta kamroq ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq kasalliklarga ega bo‘lishlarini ko‘rsatdilar. Misol uchun, uylanganlarda qand kasalligi, yuqori bosim va semizlik bilan bog‘langan metabolik sindrom kamroq rivojlanadi.

Shifokorlar 270 dan ko‘proq odamni o‘rgandilar, ularning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qilgan. Barcha ishtirokchilarda ikki turdagi diabet qayd qilingan. Ulardan 180 nafari uylangan, 90 nafari esa bo‘ydoq.

Olimlar respondentlarning vazni indeksini aniqlab, ularda tirik to‘qimaning miqdorini o‘lchashdi. Natijalarning ko‘rsatishicha, uylangan erkaklar o‘rtacha bo‘ydoqlarga qaraganda ikki marotaba kamroq ortiqcha vazndan aziyat chekishadi.

Uylanganlarda tirik to‘qima miqdori o‘rtacha 18,9 kg ni, bo‘ydloqlarda esa 23,5 kg ni tashkil qilgan. Uylanganlar bo‘ydoqlarga nisbatan 58 foiz kamroq metabolik sindrom rivojlanishi xatariga ega bo‘lganlar.

Olimlarning ta’kidlashicha, ular tomonidan topilgan o‘zaro bog‘liqlik faqatgina erkaklarda namoyon bo‘ladi. Shifokorlar uylangan erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan sog‘lomroq bo‘lishining sababini uylanganlar rasionalroq ovqatlanishi va o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishlarida ko‘rmoqdalar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 140
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 93
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 209
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 326
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 286
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar