“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 07:45
ЎЗO‘Z

Qatiq iching, qarimaysiz!

15 sen, 15:35 15 174 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qatiq iching, qarimaysiz! Har birimizning ro‘zg‘orimizda topiladigan, foydali ichimlik – qatiqdir. Tabobatda ushbu ichimlikning bir qancha xususiyatlari e’tirof qilinadi.

– Olimlarning bir qator ilmiy tadqiqotlari natijasiga ko‘ra qatiq surunkali gastrit, ateroskleroz, diabet, ishemiya, disbakterioz va gipertoniya kasalliklarining oldini olishda ajoyib vosita sanaladi. Shifosi uchun har kuni ovqatdan 15 daqiqa o‘tib ichish tavsiya etiladi.

– Qatiq jigar sirrozi profilaktikasida ham o‘zini oqlay olgan. Shuningdek, jigar faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarda ham qatiq ichish foydali.

– Tana vazningizni kamaytirish ilinjida bo‘lsangiz, yog‘siz qatiq a’lo vosita bo‘loladi. Qatiqqa mayda to‘g‘ralgan redis va ko‘katlarni aralashtirsangiz, tayyor salat bo‘ladi.

– Bolalar uchun yog‘li qatiqning bir kun avval tayyorlangani foydaliroq. Ayniqsa, qorin og‘riqlari, ovqat hazm bo‘lishi va ich ketishi bilan muammo kuzatilsa, yangi ivitilgan qatiq ichilmagani ma’qul.

– Muntazam qatiq iste’mol qilish qonda qand miqdorining ortib ketmasligini ta’minlaydi. Agar oilangizda qandli diabet bilan og‘riganlar bo‘lsa, qatiqni kanda qilmang.

– Uxlashga yotishdan avval ichilgan bir stakan qatiq oshqozon-ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, tinchlantiradi.

– Asabiy va ishtahasiz bo‘lsangiz, ertalab nonushtadan yarim soat avval bir stakan qatib ichib oling.

– Yuz teringiz quruqlashib ketgan bo‘lsa, qatiqqa ozroq maydalangan ko‘katlarni aralashtirib, niqob o‘rnida foydalanish mumkin.

– Qatiqning tinchlanitiruvchi hamda tetiklashtiruvchi hususiyati klimaks davridagi ayollar, homilador va emiziklilar uchun asqotadi. Shuningdek, hayz oldi bezovtaliklarini yengillashtirishda ham qatiq ichib turish foyda beradi.

– Uzoq umr ko‘rishni istasangiz, har kuni bir stakan qatiq iching. Shunda organizmingiz kun sayin yosharib boraveradi.

Manba: darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 103
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 268
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 178
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 247
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 390
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 178
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 0
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 0
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 15
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 66
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 28
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 51
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 63
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 156
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 64
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 88
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 94
  • Bo‘limlar