“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 22:18
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi

13 sen, 15:59 14 274 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondan katta miqdorda quyma oltin olib ketayotgan afg‘onistonlik shaxs qo‘lga tushdi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tilla va zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga qarshi chora-tadbirlar davomida “Ayritom” chegara-bojxona kompleksi xodimlari tomonidan afg‘onistonlik M.Salimning (ismi sharifi o‘zgartirilgan)qing‘ir qilmishlari fosh qilindi. Respublikamiz hududi orqali xorijga yo‘l olgan ushbu shaxs tomonidan to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasidagi ma’lumotlar asosida unga tegishli bagaj va qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuklar orasida deklarasiyada ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha salkam 4 kg og‘irlikdagi quyma tillalar borligi aniqlandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Termiz shahar sudining xukmiga binoan aybdorga eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdordagi jarima jazosini tayinladi. Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 494,5 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi salkam 4 kg oltin davlat egaligiga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014 yil 5 avgustda 2606-son bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchi bojxona deklarasiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tish paytida jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklarasiyasining 5-bandida har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori aniq ko‘rsatilishi shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 133
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 123
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 99
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 9
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 60
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 35
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 77
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 71
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 33
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 132
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 92
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 90
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 175
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 66
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 126
  • Bo‘limlar