“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 09:12
ЎЗO‘Z

Samvel Babayan: Geynrix – terma jamoa uchun doim borini berishga tayyor

02 sen, 12:55 6 250 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samvel Babayan: Geynrix – terma jamoa uchun doim borini berishga tayyor O‘zbekiston – Suriya uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Eng avvalo, bizni qo‘llab-quvvatlab turgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar g‘alaba qozonib, bayramni davom ettirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishdi.

Ushbu bosqichni g‘alaba bilan boshlab oldik. Haydarov va Ahmedovlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular kichik jarohatlari bo‘lsada, matonat ko‘rsatib, bor imkoniyatlarini ishga solib, jamoaga yordam berdi.

Suriya juda yaxshi jamoa. Bu haqida oldin ham aytib o‘tgandim. Balki, mahorat borasida ular biroz tajribasizdirlar. Biroq, kurashish borasida ular juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Biz deyarli yarim yillik tanaffusdan so‘ng rasmiy o‘yin o‘tkazdik va muhimi g‘alaba qozondik.

Afsuski, ba’zi futbolchilarimiz hali to‘liq formaga kirishib keta olmadilar. Umid qilamanki, ular keyingi o‘yinga tayyor holga keladilar.

Geynrix hali qarib qolgani yo‘q. U zaxiradan tushib, o‘yinni o‘zgartirib yubora oladigan futbolchi. Uning pasportdagi yoshini menga ahamiyati yo‘q. Muhimi, u terma jamoa uchun borini berishga tayyor.

Hozirdan boshlab Qatarga qarshi tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Ertaga tiklanish mashqlarini bajaramiz. Qatarga 4 sentyabr kuni jo‘nab ketamiz. O‘sha o‘yinda bizga Krimes ham yordam berishi mumkin bo‘ladi. Keyingi o‘yin juda muhim hisoblanadi.

Biz oxirigacha kurasha olamiz", - deydi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan.

Manba: www.the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Eldorda bunaqasini ko‘rmagandik”. Raneri Shomurodov haqida yana nimalar dedi? 18 apr, 09:09 0
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 1
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 2
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 305
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 103
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 90
  • So'nggi yangiliklar
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 0
  • “Bavariya” “Arsenal”ni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi (video) 18 apr, 08:29 0
  • “Real” penaltilar seriyasida “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi! 18 apr, 08:25 2
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 305
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 103
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 90
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 170
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 69
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 100
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 198
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 272
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 66
  • Bo‘limlar