Shu yilning 15 sentyabr – 2 oktyabr kunlari davomida Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati uchun akkreditasiyalash jarayoni boshlandi. Bu haqida Osiyo Futbol Konfederasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘FF rasmiy saytida yozilishicha, 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini matbuotda yoritish istagida bo‘lgan jurnalistlar OFK media kanali (media.the-afc.com) orqali akkreditasiyadan o‘tishlari lozim.
Ta’kidlash kerakki, ushbu turnirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Temur Olimxo‘jaev boshchiligidagi jamoa Osiyo chempionati final bosqichida KXDR, Tailand hamda Yaman o‘smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.