“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi

27 iyul, 13:30 12 514 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foizga o‘sdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasini 2016 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Unda keltirilishicha, 2015 yilning birinchi yarmiga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foiz, sanoat 6,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 6,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,1 foiz o‘sdi.

Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investisiya siyosatining amalga oshirilishi o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmini 11,8 foiz va pudrat-qurilish ishlari hajmini 17,5 foizga oshirish imkonini berdi.

Joriy yil boshidan buyon 2016-2020 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 6500 ta servis ob’ektlari tashkil etilgani xizmatlar hajmining 12,9 foiz va yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushini 2015 yil birinchi yarmidagi 57,1 foizdan 57,6 foizgacha oshirish imkonini berdi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisiti va 2,5 foizni tashkil qilgan inflyasiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash orqali erishildi.

O‘zbekiston Respublikasini 2016 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari

(2015 yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)

Ko‘rsatkichlar
O‘sish sur’atlari

Yalpi ichki mahsulot
107,8

Sanoat
106,7

Chakana savdo aylanmasi
114,1

Qurilish ishlari
117,5

O‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi
111,8

Qishloq, o‘rmonchilik va baliqchilik xo‘jaligi
106,8

Jami xizmatlar
112,9




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 143
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 148
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 298
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 08 apr, 22:37 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 0
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 0
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 1
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 37
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 70
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 86
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 141
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 177
  • Bo‘limlar