“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:31
ЎЗO‘Z

Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi”

14 iyul, 20:21 10 238 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi” Avvalroq, poytaxtdagi Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan taniqli xonandalar, san’atshunoslar va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda ishtirok etgan mohir sozanda va xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Asqar telekanallar ma’muriyatiga nisbatan e’tirozini bildirdi, deb xabar berdi "Qalampir.uz" sayti.

“Xonandalar ko‘payib ketyapti. Haqiqiy san’atkorlar esa TV va radiolarda kam chiqadi. Aslida yaxshi qo‘shiqlarimiz juda ko‘p. TVda chiqayotgan yosh xonandalarning homiysi bor, ular ma’lum vaqtlarni sotib olish imkoniyatiga ega. Katta san’atkorlar esa yo televideniega borib pul to‘lashga erinadi, yo bunga mablag‘i yo‘q, yo bo‘lmasa ularga rag‘bat qilinmaydi. Shuning uchun ham “otarchi”lar TVga chiqyapti, televizorga chiqishi kerak bo‘lgan haqiqiy san’atkorlar esa to‘yda pul topib yuribdi.

Men shuni iltimos qilardimki, haqiqiy san’atkorlarning ijodini xalqqa etkazish, milliy qo‘shiqlarni targ‘ib qilish uchun TVlarda ma’lum vaqt ajratilsin. Iqtidorli ijodkordan mablag‘ talab qilish kerak emas. Aksincha, uning ijodiga ko‘mak berish, yordam qo‘lini cho‘zish kerak”, deydi Toir Asqar.

Yuqorida aytilgan fikrlarni matbuot anjumanida o‘tirgan taniqli san’atkordan tortib, jurnalistlar ham qo‘llab-quvvatladi. “O‘zbenavo” estdara birlashmasi Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov Toir Asqarning talabiga javob qaytarar ekan, ayni damda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshida “Yagona badiiy kengash” tuzish ishlariga start berilganini, mazkur loyiha amalga oshirilgach, telekanallarning o‘zbilarmonchiligiga nuqta qo‘yilishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida “MY5” telekanalining bugungi faoliyati, unda efirga uzatilayotgan kliplar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 398
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 328
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 400
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 124
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 491
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar